2025 yilda Özbekistonda jinoyat işlari böyiça tuman va şahar sudlarining tergov sudyalari tomonidan 825 050 nafar şaxsga nisbatan 690 879 ta ma’muriy huquqbuzarlik töğrisidagi iş körib çiqildi. Bu haqda Oliy sud axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, körilgan işlar doirasida 509 146 nafar şaxsga ma’muriy jazolar qöllangan. Xususan, 415 531 kişiga nisbatan jarima, 91 663 kişiga esa ma’muriy qamoq jazolari tayinlangan.
Ma’muriy huquqbuzarlik töğrisidagi işlarning salmoqli qismi Toşkent şahri, Toşkent, Farğona, Samarqand va Andijon viloyatlarida körilgan. Yaraşilgani munosabati bilan 121 906 nafar şaxs ma’muriy javobgarlikdan ozod etilgan.
Körilgan işlarning aksariyatini quyidagi huquqbuzarliklar taşkil qilgan:
- mayda bezorilik;
- içki işlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik;
- avtomobil transportida yölovçilar taşiş faoliyati bilan litsenziyasiz şuğullaniş;
- haqorat qiliş;
- savdo yoki xizmat körsatiş qoidalarini buziş;
- elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalaniş qoidalarini buziş;
- transport vositalari haydovçilarining yöl harakati qoidalarini buzişi jabrlanuvçiga yengil tan jarohati yoki ança miqdorda moddiy zarar yetkazilişiga olib kelişi;
- jamoat joylarida alkogol mahsulotini iste’mol qiliş;
- sovuq qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanişi mumkin bölgan aşyolarni olib yuriş;
- transport vositalarini mastlik holatida boşqariş.
Şuningdek, apellyatsiya tartibida 8 988 nafar şaxsga nisbatan 7 780 ta, kassatsiya tartibida 11 437 nafar şaxsga nisbatan 10 834 ta ma’muriy huquqbuzarlik töğrisidagi iş körib çiqilgan. Ularda 7605 kişiga nisbatan birinçi instansiya sudlari tomonidan çiqarilgan qarorlar bekor qilinib, 4 980 nafar şaxsga nisbatan çiqarilgan sud qarorlari özgartirilgan.
Oliy sudning jinoyat işlari böyiça sudlov hay’ati tomonidan taftiş tartibida esa 2 563 nafar şaxsga nisbatan 2 441 ta ma’muriy huquqbuzarlik töğrisidagi iş körilgan. Ularda 587 kişiga quyi sudlar tomonidan çiqarilgan qarorlar bekor qilingan hamda 304 kişiga nisbatan çiqarilgan sud qarorlari özgartirilgan.
Avvalroq 2025 yilda Özbekistonda fuqarolik işlari böyiça sudlar tomonidan körilgan işlar, xususan, nikohdan ajraşiş holatlari oşgani xabar









