Muzaffar Abduğaniyeviç Abdullayev Namangan viloyati Uyçi tumani hokimi etib tayinlandi.
29 dekabr kuni xalq deputatlari Uyçi tumani kengaşining Namangan viloyati hokimi Şavkatjon Abdurazzoqov iştirokidagi sessiyasida keyingi yillarda Uyçi tumanida olib borilgan işlar, Uyçi tajribasi doirasida erişilgan yutuqlar barobarida, işda yöl qöyilgan xato va kimçiliklarga atrofliça töxtalinib, hududlarni yanada rivojlantiriş böyiça dolzarb vazifalar belgilab berildi.
Bu işlarni amalga oşiriş uçun tumanga yangi hokim zarurligi ta’kidlandi.
Sessiyada deputatlar Namangan viloyati hokimining Şuhrat Mirsodiqoviç Musayevni Uyçi tumani hokimi vazifasidan ozod qiliş va tuman kengaşining deputatlik vakolatini muddatidan oldin soqit qiliş haqidagi tegişli qarorlarini tasdiqladi.

Şuningdek, viloyat hokimining Muzaffar Abduğaniyeviç Abdullayevni Uyçi tumani hokimi etib tayinlaş töğrisidagi qarori bir ovozdan ma’qullandi.
Şuhrat Musayev muqaddam Namangan viloyati hokimi örinbosari bölgan, 2021 yil dekabrida Uyçi tumani hokimi lavozimiga tayinlangandi.
Tumanning yangi hokimi Muzaffar Abdullayev 1984 yilda Namangan viloyati, Uyçi tumanida tuğilgan. Ma’lumoti oliy, mutaxassisligi iqtisodçi, tarmoqlar iqtisodiyoti magistri.
Mehnat faoliyatini 2007 yilda Namangan viloyati moliya boşqarmasi boşliği yordamçisi lavozimida boşlab, boş iqtisodçi va bölim boşliği lavozimlarida, 2017–2019 yillarda Namangan şahar hokimligi moliya bölimi mudiri, 2019–2020 yillarda Namangan şahar hokimi örinbosari, Namangan şahar hokimining birinçi örinbosari hamda 2020–2021 yillarda viloyat Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş boş boşqarmasi boşliği birinçi örinbosari, viloyat Iqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi boşliği örinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Tayinlovga qadar viloyat Iqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi boşliğining birinçi örinbosari lavozimida işlab kelayotgan edi.








