Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xalq bankida 9,5 mlrd so‘m mablag‘ o‘zlashtirib yuborilgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Joriy yilning aprel oyida Namangan viloyati Mintaqaviy markazi yollanma xodimi tomonidan bankning dasturiy ta’minotiga noqonuniy kirgan holda, bankning 9,5 mlrd so‘m miqdoridagi mablag‘lari o‘zlashtirilganligi aniqlangan.
Xalq banki matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan Namangan viloyati Xalq banki Yangiqo‘rg‘on tumani bank xizmatlari markazida aniqlangan huquqbuzarliklar haqida quyidagilarni ma’lum qildi.
Bank tomonidan korrupsiyaviy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik va unga qarshi kurashish bo‘yicha qator amaliy ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Har qanday aniqlangan korrupsion holatlar yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda.
Xususan, joriy yilning aprel oyida Namangan viloyati Mintaqaviy markazi yollanma xodimi tomonidan bankning dasturiy ta’minotiga noqonuniy kirgan holda, bankning 9,5 mlrd so‘m miqdoridagi mablag‘lari o‘zlashtirilganligi holati bankning korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari tomonidan aniqlanib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilingan.
Hozirda ushbu ishga aloqador bo‘lgan shaxslarga Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
13:34 / 26.11.2025
Namanganda Onix urib ketishi oqibatida yana bir YPX xodimi halok bo‘ldi
17:41 / 20.10.2025
To‘yda yurgan pedofillar yoxud “uchdan keyin puch” bo‘ladimi?
12:15 / 17.10.2025
Namanganda 38 yoshli pedofil 7 yoshli qizchani zo‘rladi
14:58 / 26.09.2025