Google Drive ma'lumotlarni saqlaş bulutli servisi yangi brend oldi va endi Google One deb nomlanadi. Bu haqda TechCrunch xabar qilmoqda. Juda jiddiy özgarişlar yöq, faqat narxlar ozgina töğrilangan.
AQŞdagi foydalanuvçilar uçun oyiga 2,99 dollar evaziga 200 GB.lik yangi tarif rejasi paydo böldi, 2 TB.lik reja esa 19,99 dollardan 9,99 dollargaça arzonlaşdi. 1 TB.lik tarif rejasi yöqoldi – aynan u 9,99 dollar turgan. Kelajakda işlatilayotgan böşliqni oilaning beş a'zosi örtasida bölib taşlaş mumkin.
Farq faqatgina nomda bölmaydi - Google One foydalanuvçilarga keçayu-kunduzlik rejimda yordamni bepul taqdim etiş va Google mahsulotlari böyiça kompaniya ekspertlaridan javob oliş imkonini yaratadi. Özgarişlar darhol yuz bermaydi: Google kelayotgan bir neça oy davomida foydalanuvçilarning Drive’dagi akkauntini One’ga ötkazib boradi. Bu AQŞda boşlanadi, keyinçalik boşqa mamlakatlarda ham yuz beradi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Forbes AQŞning eng yirik kompaniyalarini ma'lum qilgandi.













