Tojikiston va Özbekiston Xitoy - Tojikiston - Özbekiston - Turkmaniston - Eron - Turkiya - Yevropa multimodal transport yölagi pilot loyihasini amalga oşirişga kirişadi. Bu haqda Tojikiston Respublikasi Transport vazirligiga tayanib Sputniknews xabar berdi.

Loyiha doirasida yuk ortilgan 10 ta yuk maşinasidan iborat karvon Özbekistondan Tojikiston orqali Xitoyga ötadi. Ta’kidlanişiça, ikki mamlakat transport vazirlari Azim Ibrohim va Ilhom Mahkamov yaqinda bölib ötgan muzokaralarda bu borada kelişuvga erişgan. Qayd etilişiça, yuklarni taşiş uçun ruxsatnomalar elektron şaklda beriladi.

Uşbu yölak 2022 yilda Duşanbe şahrida bölib ötgan «Tojikiston va mintaqa davlatlari örtasida transport aloqalarini rivojlantirişda logistika va uning ustuvor yönalişlari» mavzusidagi xalqaro konferensiya doirasida taqdim etilgan.

Şuningdek, Samarqand viloyati Urgut tumanida joylaşgan Özbekiston-Tojikiston çegarasidagi «Jartepa - Sarazm» çegara ötiş joyining ötkazuvçanlik qobiliyatini oşiriş rejalaştirilgan. U yerda bir kunda 100 tagaça yuk maşinasini qabul qilib, hujjatlarni zudlik bilan rasmiylaştiradigan yangi logistika markazi taşkil etiladi.

Bundan taşqari, çegara yaqinida kuniga 150-200 nafar murojaatçiga tibbiy xizmat körsatadigan diagnostika markazi, 800 nafar tadbirkorga xizmat körsatadigan savdo majmuasi taşkil etiladi. Tojikiston fuqarolari «pasport nazoratidan ötmasdan, keraksiz hujjatlarni rasmiylaştirmasdan va uzun navbatlarsiz» tijorat va tibbiy xizmatlardan foydalanişi mumkin böladi.