Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yanvarning ikkinchi o‘n kunligida iliq havo
Yanvar oyida harorat ko‘p yillik iqlimiy me’yordan yuqori bo‘lishi oydinlashyapti. Ayniqsa 10-13 yanvar kunlari hududlarda bahoriy harorat hukm surishi prognoz qilinmoqda. Kun.uz'da ob-havo prognozi bilan – iqlimshunos Erkin Abdulahatov.
Kelayotgan dam olish kunlari voha tomonlarda havo harorati maksimumlari +20 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Bunday harorat muhiti voha adirlarining yashillikka burkanishi, hatto ayrim hududlar holisi adirlarda bahor elchisi – boychechak ochilishiga guvoh bo‘lishi mumkin.
Umuman olganda joriy yanvar oyi respublika bo‘ylab, shimol hududlarini hisobga olmaganda, iliq o‘tishi oydinlashmoqda.

Iqlim o‘zgarishi so‘nggi yillarda bizga iliq qishlarni taqdim etmoqda. Bu esa qishloq xo‘jaligiga ta’sir etyapti. Yuqori haroratli kunlarning ko‘payishi uyquga ketgan dov-daraxtlarda erta vegetatsiyaning yuz berishiga, keyinchalik kichik sovuq ta’sirida hosildorlikka jiddiy ta’sir etishi holatlari ko‘paymoqda.
Tinch okeani markazida suv harorati bilan bog‘liq vaziyat bahorda yana davomli La-Nino hodisasi bo‘lishiga ishora bermoqda. Demak, fevral-may oyiga qadar mintaqada yog‘ingarchilik bilan bog‘liq vaziyat biroz salbiy o‘tishi mumkinligini prognoz qilsa bo‘ladi.
Mavzuga oid
21:41 / 29.01.2026
Fevral oyi yanvarga nisbatan iliqroq bo‘lishi kutilmoqda – Gidrometeorologiya xizmati
10:49 / 23.01.2026
Farg‘ona vodiysidagi kuchli qor sabab bir nechta reyslar muqobil aerodromlarga yo‘naltirildi
09:18 / 23.01.2026
Toshkentda qor tozalash ishlariga 230 ta maxsus texnika va 1 mingdan ortiq xodim jalb etildi
10:20 / 22.01.2026