«Qaytaraman, men menejer bölişni xohlayman, boş murabbiy emas. Tuxel, Konte yoki Mourinio emas ismim, lekin “Mançester Yunayted” menejeriman va heç qayerga ketmoqçi emasman. Şartnomaga köra yana bir yarim yil şu işni qilaman, keyin hamma öz yölida ketaveradi. Sport direktori ham, skauting bölimi ham, men ham öz işimizni qilcak kifoya. Agar Gari Nevillning tanqidlari kimnidir xavotirga solsa, klubni almaştirişi kerak» – bu Ruben Amorim sönggi matbuot anjumanida aytgan gaplar.

«Bugungi davrda futbol realligi şunda – sen «Mançester Yunayted»dek klub bilan mavsumni 15-örinda yakunlaşing, «Grimbsi Taun» degan jamoadan mağlub bölişing, qator antirekordlarni yangilaşing mumkin, senga heç narsa bölmaydi, aksinça, Retklif çiqib yana uç yil işlaşing mumkinligini aytadi. Ammo klub rahbariyatiga qarşi gapirib qöysang, tamom, uç kun ham berişmaydi, jamoaning holati, qandaydir tahliliy körsatkiçlar, aslida APL va jahon çempioni bölgan klublar bilan bir qatorda, kuçli törtlikdan atigi uç oçkolik farqda ketayotganing ham qiziqtirmaydi. Jyeymi Karrager töğri aytadi – «Ruben Amorim ayni paytda klubga öz şartlarini qöya oladigan darajada kuçli pozitsiyada emasdi».

«Lids»ga qarşi öyindagi durangdan söng Ruben Amorim matbuot anjumanida «portladi». Ançadan beri davom etib kelayotgan tanqidlarga doş bera olmay, tanqidlar öqini boşqa tomonga, klub rahbariyati tomon yönaltirdi. Tabiiyki, bundan ham badtar şartlarda iste’foga çiqarilgan, ammo ğing deya olmaygan avvalgi murabbiylar oldida Ruben bunday yöl bilan nimagadir erişişiga işoniş qiyin edi.

Albatta, Rubenning iste’fosi keçagi yoki avvalgi kungi duranglar bilangina boğliq emas. Bu iste’foga qadamlar ança ilgari, hatto Amorim hali klubga kelmasidan ham oldin boşlangan. Keling, voqealar xronlogiyasini körib çiqamiz.

Voqealar rivoji

2024 yil, iyun. Avvalgi rahbariyat tomonidan tayinlangan Erik ten Hag mavsumdagi 8-örindan söng, iste’fo yoqasida turganida, may oyida Angliya kubogi finalida ğalaba qozondi. INEOS («Mançester Yunayted»ning yangi rahbariyati) taşqi bosim ostida niderlandiyalik mutaxassisga yana bir imkoniyat berişga qaror qiladi. Yozgi transfer oynasi aynan Erik ten Hag uçun taşkil qilinadi – Nussayr Mazraviy, Matteys de Liht, Joşua Zirkze va Manuel Ugarte kabi futbolçilar sotib olinadi.

2024 yil, noyabr. Qator muvaffaqiyatsizliklardan söng jamoa turnir jadvalining ikkinçi yarmiga tuşib ketadi va Erik ten Hag iste’foga çiqariladi. Ser Jim Retkliff (INEOS) «MYu»dagi eng işongan şaxs – klub boş direktori Omar Berrada «Sporting»da muvaffaqiyatli işlayotgan Ruben Amorim variantini ilgari suradi va u bilan kelişadi. Ma’lum bölişiça, klubning öşa paytdagi sport direktori, hali iş boşlaganiga köp bölmagan Den Eşfort bu nomzodga qarşi bölgan va aynan şu tufayli işdan böşatilgan. Asosiy ziddiyat Ruben Amorimning doim 3-4-3 sxemasida öynaşi va bu «MYu» tarkibidagi futbolçilarga mos kelmasligi xavfi bilan boğliq edi.