AQŞ va Saudiya Arabistoni kabi davlatlar neftni kunlik qazib çiqariş hajmlari böyiça yetakçilik qilayotgan bir paytda, Venesuelada işlab çiqariş körsatkiçlari sönggi ön yilliklar davomida izçil ravişda pasayib kelmoqda.

Uşbu vizualizatsiya eng yirik işlab çiqaruvçi mamlakatlarning isbotlangan neft zaxiralarini taqqoslaydi. “Zaxira” deganda — joriy şaroitlarda iqtisodiy jihatdan qazib olinişi mumkin bölgan neft hajmi tuşuniladi. Ma’lumotlar manbai — OPeKning 2025 yilgi Annual Statistical Bulletin naşri.

Venesuela taxminan 303 milliard barrel isbotlangan neft zaxirasiga ega — bu dunyodagi eng yuqori körsatkiç bölib, hatto Saudiya Arabistonidan ham ança yuqori. Mamlakat hissasiga jahon zaxiralarining taxminan 17 foizi töğri keladi. Uşbu resurslarning asosiy qismi Orinoko daryosi havzasi (Orinoko poyasi)da jamlangan.

Resurs jihatidan katta ustunligiga qaramay, 2024 yilda Venesuela neft qazib çiqariş hajmi böyiça dunyoda atigi 21-örinni egalladi — kuniga taxminan 960 ming barrel işlab çiqargan.

Eng yuqori çöqqisi 1970-yillarda mamlakat kuniga 3,5 million barrelgaça neft qazib çiqargan, bu öşa paytdagi jahon umumiy qazib çiqarişining 7 foizidan köproğini taşkil etgan. 2010-yillarda esa işlab çiqariş keskin qisqardi va ötgan yili örtaça 1,1 million barrel/sutka atrofida böldi — bu global hajmning taxminan 1 foiziga teng.

Sanoatga yillar davomida yetarli sarmoya kiritilmagani va xalqaro sanksiyalar Venesuelaning neft sektorini rivojlantiriş imkoniyatlarini jiddiy çekladi. Ayrim ğarb kompaniyalari, jumladan Chevron ham mamlakatda işlaşda davom etayotgan bölsa-da, sanksiyalar rejimi kengayişi va eksportga çeklovlar kuçayişi ortidan ularning iştiroki sezilarli darajada qisqardi.

Venesuela OPeKning asosçi davlatlaridan biri bölgan (Eron, Iroq, Kuvayt va Saudiya Arabistoni bilan bir qatorda), ammo qazib çiqariş pasayib borişi bilan taşkilot içidagi uning ta’siri ham sezilarli ravişda susaydi.