Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2026-yil 1-iyul holatiga Oʻzbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli 4 mln 982 ming 516 ta avtotransport vositasi roʻyxatdan oʻtgan.
Ularning asosiy qismini yengil avtomobillar tashkil etadi - 4 mln 618 ming 719 ta.
Shuningdek, aholi tasarrufida 343 ming 375 ta yuk avtomobili, 7 ming 508 ta mikroavtobus, 7 ming 128 ta maxsus transport vositasi va 5 ming 786 ta avtobus mavjud.
Toshkent shahri birinchi oʻrinda
Hududlar orasida jismoniy shaxslarga tegishli avtotransport vositalari soni boʻyicha Toshkent shahri yetakchilik qilmoqda. Poytaxt aholisi nomida 637 ming 706 ta transport vositasi qayd etilgan.
Keyingi oʻrinlarni Fargʻona viloyati - 573 ming 472 ta va Samarqand viloyati - 563 ming 72 ta koʻrsatkich bilan egallagan.
Toshkent viloyatida 476 ming 148 ta, Qashqadaryo viloyatida 457 ming 457 ta avtotransport vositasi jismoniy shaxslarga tegishli.
Andijon viloyatida bu koʻrsatkich 381 ming 421 ta, Namanganda 336 ming 810 ta, Surxondaryoda 325 ming 980 ta, Buxoroda 309 ming 391 ta va Xorazmda 287 ming 918 tani tashkil etgan.
Qoraqalpogʻiston Respublikasida 220 ming 882 ta, Navoiy viloyatida 156 ming 745 ta, Jizzax viloyatida 145 ming 392 ta transport vositasi qayd etilgan.
Eng past koʻrsatkich Sirdaryo viloyatida kuzatilgan - 110 ming 122 ta.









