Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Amerika harbiylari tomonidan qölga olingan va sud qiliş uçun AQŞga olib ketilgan. Endi Venesuelada qarorlarni kim qabul qiladi? The Washington Post gazetasi bexosda rahbaridan ayrilgan mamlakatda katta hokimiyatga ega bölgan ikki muhim şaxs haqida hikoya qildi. Bular mudofaa vaziri Vladimir Padrino hamda içki işlar vaziri Diosdado Kabeliodir. Ular yirik qurolli guruhlarni nazorat qiladi, ikkisi ham mamlakatdagi asosiy bizneslarni qölga olgan va ikkisi ham giyohvand moddalar savdosida ayblangan.

Nikolas Maduro hokimiyatdan ağdarilgaç, vitse-prezident Delsi Rodriges rasman Venesuelaning yangi rahbariga aylandi. Uning akasi Xorxe Rodriges – parlament spikeri hisoblanadi. Ammo amalda ular hokimiyatni yana kamida ikki kişi bilan bölişişiga töğri keladi: mudofaa vaziri Vladimir Padrino Lopes va içki işlar vaziri Diosdado Kabelio.

Ularning barçasi – Venesuelani 2000 yildan buyon boşqarib kelayotgan çavesçilar harakati faxriylaridir. Maduro hokimiyatda ekanida ham bu uçlik örtasidagi munosabatlar keskin bölib turgandi.

Padrino nafaqat armiyani, balki Venesuela iqtisodiyotining katta qismini, jumladan, yirik konlarni nazorat qiladi.

Kabelioning nazoratida esa politsiya kuçlaridan taşqari kolektivos ham bor – bu hokimiyatparast qurolli guruhlardir. Ularning jangçilari mototsikllarga minib, niqob taqqan va qurol kötargan holda köçalarda navbatçilik qiladi. Maduro ağdarilişi bilanoq ular poytaxt Karakas köçalarida köplab blokpostlar taşkil etib, yölovçilarni töxtatib, ularning telefonlaridan şubhali yozişmalarni qidira boşladi.

Padrino va Kabelio bir neça bor hal qiluvçi pallalarda Maduro rejimini qutqarib qolişgan. Xususan, 2019 va 2024 yillarda bölib ötgan prezidentlik saylovlaridan keyin (ikki safar ham muxolifatçilar Maduroning ğalabasini tan olmagan). Ikki holatda ham harbiylar, politsiyaçilar va kolektivos namoyişlarni kuç bilan bostirib, rejimning saqlanib qolişini ta’minlagan.

Kabelio özining öta radikalligi bilan ajralib turadi. U «Bolğa bilan ur» nomli haftalik teleşouni olib boradi, hukumat yiğilişlariga esa «Şubhalaniş – xiyonat» yozuvi tuşirilgan kepka kiyib keladi.

The Washington Post hukumatga yaqin bölgan maslahatçilardan biri bilan gaplaşgan. Uning tasdiqlaşiça, mamlakatdagi birdamlik saqlanişiga aynan Kabelio mas’uldir: «Inqirozli holat yuzaga kelganida, u muzokara qilib ötirmaydi – u tartib örnatadi. Delsi boşqaradi, Diosdado esa hokimiyat qöldan ketmasligi uçun mas’ul».