
24 aprel kuni rasmiy Vaşington Venesuela hukumati Nikolas Maduroning himoyaçi advokatlari xizmati uçun haq tölaşi mumkinligini tan oldi. Bu masala mazkur iş doirasida bir neça haftadan beri oçiq qolayotgan edi.
Nyu York Janubiy okrugi prokurori Manxetten federal sudiga topşirgan maktubda – AQŞ Ğaznaçilik departamenti litsenziyalarga özgartiriş kiritganini ma’lum qildi. Uşbu özgartiriş – Venesuelaning sobiq prezidenti Nikolas Maduro va uning rafiqasi Siliya Floresning advokatlariga öz mamlakati hukumatidan tölovlarni qabul qiliş imkonini beradi.
New York Times'ning yozişiça, voqealarning bunday rivoji – sudya Alvin Xellerşteyn hukumatdan mablağlar nima sababdan bloklanayotganini qat’iy söragan majlisdan bir oy ötib yuz berdi. Sudya hatto, agar Qöşma Ştatlar öz pozitsiyasini özgartirmasa, işni butunlay tugatiş masalasini körib çiqişi mumkinligiga şama qilgandi.
Avvalroq Ğaznaçilik departamenti uşbu tölovlarni bloklab qöygan edi. Bu esa himoyaçi advokatlarning keskin e’tirozlariga sabab bölgan. Xususan, advokat Barri Pollak uşbu çeklov tufayli Maduro öz xizmatlari uçun haq tölay olmay qolganini ta’kidladi. Uning aytişiça, bu qaror Maduroning AQŞ Konstitutsiyasiga kiritilgan oltinçi tuzatişda belgilangan — özi xohlagan advokatga ega böliş huquqiga daxl qilgan.
Şu bilan birga, AQŞ hukumati rasmiylari foydalaniş mumkin bölgan Venesuela mablağlariga ma’lum şartlarni yukladi. Jumladan, tölovlar Venesuela va AQŞ örtasida diplomatik aloqalar rasman qayta tiklangan kun — 2026 yil 5 martdan keyin Karakas budjetiga tuşgan mablağlardan tölanişi lozim.
Şuningdek, ayblov va himoya tomoni 60 kundan keyin işning borişini muhokama qiliş uçun navbatdagi majlis ötkazişni söramoqda.
Maduro ortidan pul işlagan AQŞ harbiysi
23 aprel kuni AQŞ Adliya vazirligi Nikolas Maduroni qölga oliş operatsiyasida iştirok etgan AQŞ armiyasi Maxsus kuçlar master-serjanti Gannon Van Daykga ayblov














