Kun.uz’ning “Geosiyosat” dasturida siyosatşunoslar uşbu mavzuga turliça pozitsiyadan nazar solişdi.

Rossiyaning “Oreşnik” zarbasi front va diplomatik maydonda nimani özgartirdi?

Bektoş Berdiyev: Voqealar rivojiga e’tibor qaratilsa, zarbadan keyingi kuni Lviv şahri meri Andrey Sadoviy özining Telegram-kanalida bayonot bilan çiqdi. Unga köra, raketa taxminan 13 ming kilometr tezlikda uçgan va “öta yuqori tezlikka ega” bölgan. Sadoviyning ta’kidlaşiça, uşbu raketani tutib qoliş amalda imkonsiz bölgan. Zarba Lviv viloyatida, NATO va Yevropa Ittifoqi çegaralaridan qariyb 70 kilometr masofada joylaşgan hududga yönaltirilgan. Şundan söng Lviv viloyati harbiy ma’muriyati ham rasmiy ma’lumot berdi. Unga köra, zarbalar mintaqa uçun muhim bölgan tanqidiy infratuzilma obektlariga qaratilgan. Rossiyaning asosiy nişoni yirik gaz saqlaş majmuasi bölgan, biroq u töliq vayron qilinmagan. Şunga qaramay, boşqa muhim obektlar işdan çiqqan va ayrim hududlarda gaz ta’minotida uzilişlar yuzaga kelgan. Rossiya tomoni bu hujumni Novgorod viloyatidagi Vladimir Putinning rezidensiyasiga qilingan dron zarbasiga javob sifatida talqin qildi. Ukraina esa bu izohni rad etdi. Kiyev rasmiylari mazkur hujumni tinçlik muzokaralariga tayyorgarlik jarayonida Rossiyaning ataylab keskinlikni oşirişga qaratilgan harakati sifatida baholadi va BMT Xavfsizlik Kengaşining favqulodda yiğilişini çaqiriş niyatini bildirdi. Diplomatik maydonda bu voqea Yevropada jiddiy rezonans uyğotdi. Jumladan, Yevropa Ittifoqining taşqi siyosat böyiça yetakçi vakillaridan biri Kaya Kallas intervyusida “Oreşnik” raketasi bilan amalga oşirilgan zarbani Rossiya tomonidan tinçlikka erişiş yölidagi sa’y-harakatlarning qöpol buzilişi sifatida baholadi. Şu bilan birga, ekspertlar bu hujum orqali Moskva ikki asosiy signalni berişga harakat qilganini ta’kidlamoqda. Birinçidan, Rossiya NATO va Yevropa Ittifoqi çegaralariga yaqin hududlarga ham zarba bera oliş imkoniyatiga ega ekanini körsatdi. Eslatib ötamiz, 2024 yil noyabr oyida Dnepr yönalişida “Oreşnik” raketasidan ilk bor foydalanilgan va Vladimir Putin bu raketaning 1000 kilometrdan 5500 kilometrgaça bölgan masofaga zarba bera olişini ma’lum qilgan edi. Ikkinçidan, bu hujum Rossiyaning harbiy salohiyati hanuz yuqori ekanini namoyiş etişga qaratilgan siyosiy-psixologik xabar sifatida talqin qilinmoqda. Köplab tahlilçilarga köra, Ukrainaning Yevropaga yaqin içki hududlariga berilgan zarba Yevropa davlatlariga ham bilvosita ogohlantiriş bölib, “Rossiya hali ham yetarli qudrat va imkoniyatlarga ega” degan signalni öz içiga oladi.

Şuhrat Rasul: Hozirgaça “Oreşnik” raketasi atigi bir neça marta qöllangan. Oxirgi uçirişdan oldingi holat taxminan bir yil avval sodir bölgan. Şundan buyon bu quroldan foydalanilmagani Rossiya ixtiyorida uning soni çeklanganini körsatadi. Öşa paytdayoq mutaxassislar Rossiya arsenalida “Oreşnik” raketalarining soni köpi bilan tört-beş dona bölişi mumkinligini ta’kidlagan edi. Oraliq davrda Ukraina tomoni Kapustin Yar poligonida joylaşgan “Oreşnik” raketalaridan biri uçiriş jarayonida diversiya yöli bilan portlatilganini ma’lum qilgan. Har qanday holatda ham bu raketalarning katta zaxirasi mavjud emasligi ayon. Vladimir Putin bir neça bor “Oreşnik” raketalari seriyali işlab çiqarilayotganini ta’kidlagan. Biroq “seriyali işlab çiqariş” haqidagi bayonotlar real sanoat quvvatlari bilan mos kelmaydi. Hatto işlab çiqariş yölga qöyilgan taqdirda ham, Rossiya sanoati yiliga köpi bilan yetti-sakkiz dona şunday raketa işlab çiqara olişi mumkin. Sababi bu qurol nihoyatda qimmat va texnologik jihatdan murakkab. Oddiy yadrosiz variantining bahosi taxminan 40–50 million dollarni taşkil etadi. Agar raketa yadro kallagi bilan jihozlansa, uning umumiy qiymati 100 million dollardan ham oşadi. Texnik tasnifiga köra, “Oreşnik” örta va uzoq masofaga uçuvçi raketalar sinfiga kiradi. Uning parvoz masofasi 500 kilometrdan 5500 kilometrgaça yetadi. Sovet Ittifoqi davrida şu toifaga mansub SS-20 raketalarining analoglari mavjud bölgan va ulardan qariyb 1800 dona işlab çiqarilgan edi. Hozirgi Rossiya sanoati esa na moliyaviy, na texnologik jihatdan şunday miqyosdagi işlab çiqarişni ta’minlay olmaydi. Bu şuni anglatadiki, Rossiya bugungi şaroitda strategik qurollaniş poygasida AQŞ yoki NATO bilan teng raqobatlaşa olmaydi. Mamlakat iqtisodiy ahvoli oğir, sanoat bazasi esa Sovet davridagi darajadan keskin pasaygan. Hatto yetarli mablağ mavjud bölgan taqdirda ham, texnologik çeklovlar sabab köplab murakkab qurollarni qayta işlab çiqariş imkonsiz. Rossiya bu zarba orqali nimani körsatmoqçi edi? Rossiya Davlat Dumasidagi deputat, general Andrey Gurulyov bir muddat avval Rossiya tankerlarining Yevropada hibsga olinişi ortidan oçiq tahdid bilan çiqqan edi. U “Oreşnik” raketasi bilan Yevropaning bir neça poytaxtlariga, jumladan, London va Parijga zarba beriş kerakligini aytib, keskin ritorika qöllagan. Bu bayonot jamoatçilikda keng rezonans uyğotgan edi. Şunga qaramay, Rossiya rasmiylari sönggi zarbani Yevropaga qarşi bevosita tahdid sifatida emas, balki Novgorod viloyatidagi Vladimir Putin rezidensiyasiga qilingan hujumga javob sifatida izohladi. Bu esa Moskvaning real imkoniyatlari va berilayotgan siyosiy signallar örtasida jiddiy tafovut mavjudligini körsatadi.