Özbek-xitoy arxeologlar jamoasi Özbekistondagi Quva qadimiy şaharçasining qolgan devorlarining miloddan oldingi III asrdan milodiy X asrgaça bölgan qismini topdilar, deb xabar berdi “Dunyo” AA.

Sinxua agentligining yozişiça, Loyan-Farğona qöşma arxeologik ekspeditsiyasi iştirokçilari uşbu topilma Ipak yölidagi qadimiy şaharning tarixiy rivojlanişini hamda Şarq va Ğarb örtasidagi madaniy almaşinuvlarni örganiş uçun muhim moddiy dalil, deb hisoblaydi.

110 ming kvadrat metr maydonni egallagan Quva qadimiy şaharçasi xarobalari Farğona vodiysining Özbekiston qismida joylaşgan. Qadimgi Ipak yölidagi muhim markaz sifatida bu mintaqa Xitoy bilan ikki ming yildan ortiq vaqt davomida uzoq muddatli aloqalarga ega bölgan.

Arxeologlarning dastlabki ma’lumotlariga köra, bir neça bor qayta qurilgan istehkomlar uzoq vaqt davomida - Parfiya, Dayuan va Söğd davrlaridan tortib Somoniylar davrigaça işlatilgan.

Xitoy tomonidagi qöşma ekspeditsiya rahbari Lyu Binning ta’kidlaşiça, devor quriş texnologiyalarining evolyutsiyasi turli davrlarda me’moriy mahorat va quriliş materiallarini tanlaş, bunday tanlovlarga potensial madaniy ta’sir va madaniyatning tarqalişini örganiş uçun muhim ma’lumotlarni taqdim etadi.

2023 yilda Xenan provinsiyasining Loyan arxeologiya instituti va Farğona davlat universiteti qadimgi Quva şahri xarobalarini arxeologik qaziş işlarini olib boriş uçun qöşma arxeologik guruh tuzdilar.

Hozirgi kunga qadar xarobalarda saroylar, şahar darvozalari, devorlar, turar-joy binolari, köçalar va hunarmandçilik ustaxonalari kabi yodgorliklar topilgan.

"Kelgusi yilda saroy hududida joylaşuv va funksional rayonlaştirişni har tomonlama tuşunişni yanada rivojlantiriş uçun tizimli qazişmalar rejalaştirilgan", - deb yozadi Sinxua agentligi.