Davlat mehnat inspeksiyasi ma’lumotlariga köra, 2025 yildagi hodisalar tarkibi quyidagiça: 50 ta — guruhiy, 583 ta — oğir oqibatli, 216 ta — ölim bilan yakunlangan.

Hodisalar oqibatida 961 nafar kişi jabrlangan. Jumladan, 680 nafar — oğir jarohat olgan, 33 nafar — yengil jarohat olgan, 248 nafar — vafot etgan.

Körilgan çoralar böyiça 432 nafar mansabdor şaxsga nisbatan jinoiy iş qözğatilgan, 241 nafarga ma’muriy jarima qöllangan.

Oçiq manbalarda keltirilgan rasmiy ma’lumotlarga köra, 2024 yilda Özbekistonda mehnat jarayoni bilan boğliq 868 ta baxtsiz hodisa yuz bergan, ularda 974 nafar xodim jarohatlangan, 261 nafar esa halok bölgan.

Şunga köra, 2025 yil körsatkiçlari 2024 yilga nisbatan: baxtsiz hodisalar soni: 868 → 849 ( –19 ta ), jabrlanganlar soni: 974 → 961 ( –13 nafar ), vafot etganlar soni: 261 → 248 ( –13 nafar ).

Mutasaddilar mehnat xavfsizligi talablariga qat’iy rioya etiş har bir iş joyida ustuvor vazifa bölişi lozimligini ta’kidlamoqda.