Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qöşma Ştatlarning Venesueladagi xatti-harakatlari yuzasidan sukut saqlaşda davom etmoqda, deb xabar berdi The Moscow Times.

Putin yangi yil ta’tilidan keyingi birinçi ommaviy çiqişida, Kremlda xorijiy elçilarga işonç yorliqlarini topşiriş marosimida Nikolas Maduroning AQŞ harbiylari tomonidan qölga olinişi haqida oğiz oçmadi va Venesuelani Rossiyaning «dösti» va «işonçli hamkori» deb atadi.

Rossiya prezidenti, şuningdek, Venesuela neftini taşiş uçun foydalanilgan Rossiya maxfiy flotining tankerlari hibsga olingani haqida ham sukut saqladi.

Şuningdek, 15 yanvar kuni bölib ötgan yangi yildagi birinçi brifingda Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham Venesuela haqida bir oğiz ham gapirmadi.

Elçilarga murojaat qilar ekan, Putin xalqaro maydondagi vaziyat «tobora yomonlaşib borayotganini» aytdi.

«Konsensus va murosali yeçimlarni izlaş köpinça bir tomonlama va juda xavfli harakatlar bilan almaştirilmoqda. Va davlatlar örtasidagi muloqot örniga, öz irodasini ötkazişni, hayotga örgatişni va buyruq berişni haqli deb bilganlarning monologi yangramoqda», dedi u.

AQŞda giyohvand moddalar savdosini taşkil etişda ayblanib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilinişi mumkin bölgan Maduroga qarşi operatsiya Moskvaning ğazabini qözğatdi, ammo Vaşington bilan munosabatlar Kreml uçun muhimroq, dedi Bloomberg agentligiga vaziyatdan xabardor manba.

Uning sözlariga köra, Venesueladagi döstona rejimning yöqolişini Kreml halokat deb hisoblamaydi. Bloomberg suhbatdoşining ta’kidlaşiça, Eron bilan boğliq vaziyat yanada jiddiyroq bölib, Tramp Tehronga qarşi namoyişçilarni qöllab-quvvatlaş uçun zarbalar bilan tahdid qilgan. Eron Rossiyaning yirik harbiy şerigi bölib, Ukrainada uruş boşlanganidan beri 3 milliard dollarlik raketa va dron yetkazib bergan. Ammo şunga qaramay, Rossiya vaziyatga aralaşmaydi va katta ehtimol bilan hukumatni oğzaki qöllab-quvvatlaş bilan çeklanadi, dedi agentlik suhbatdoşi.

Trampning Oq uyga qaytişi bilan Moskva va Vaşingtonning yaqinlaşuvi boşlanganidan söng, Rossiya «Amerikaning Venesuela tomonga şamalariga nisbatan vazminlik bilan munosabatda böldi», dedi nemis siyosatşunosi Feliks Rifer.

«Rossiya aslida Maduroni avvalroq topşirgan», dedi u. Şunga qaramay, Rossiyaning xalqaro maydondagi imiji zaiflaşgan, dedi Rifer: «Rossiyaga umid boğlagan odam özini himoya etişlariga umid qilolmaydi».