Ijtimoiy himoya milliy agentligi joriy yilning avgust oyidan ayrim oilalar uçun bolalar nafaqasi va moddiy yordam tölovlari töxtatilişi mumkinligini bildirdi.

Qayd etilişiça, amaldagi tartibga köra, “Kambağal oila” toifasiga kiritilgan oilalarga 2026 yilning fevral oyida tayinlangan bolalar nafaqasi hamda moddiy yordam tölovlarining 6 oylik muddati avgust oyida yakunlanadi. Uşbu tölov ajratilişi davom etişi yoki töxtatilişida oilaning mehnatga layoqatli a’zolari bandligi asosiy mezon hisoblanadi.

Agentlikning bildirişiça, agar oiladagi mehnatga layoqatli şaxs oxirgi 6 oy davomida rasmiy işlamagan yoki bandlik xizmatlari tomonidan taklif qilingan mos işni ikki marta yoki undan köp rad etgan bölsa, nafaqa tölovi keyingi oydan (ya’ni avgustdan) boşlab töxtatiladi.

Tölovlarning uzluksizligini ta’minlaş uçun oiladagi mehnatga layoqatli şaxs quyidagilardan biri orqali rasmiy bandligini körsatişi zarur:

Rasmiy işga joylaşiş (mehnat şartnomasi asosida);

Yakka tartibdagi tadbirkor (YaTT) sifatida röyxatdan ötib, soliqlarni öz vaqtida tölaş;

Özini özi band qilgan şaxs sifatida röyxatdan ötib, belgilangan ijtimoiy soliqni töliq tölaş.

Ta’kidlanişiça, bolalar nafaqasi va moddiy yordam davlat tomonidan haqiqatan ham kömakka muhtoj oilalarni qöllab-quvvatlaş uçun beriladi.

«Şuning uçun mehnatga layoqatli oila a’zolarining rasmiy bandligini ta’minlaş muhim hisoblanadi”, deyiladi xabarda.