Grenlandiyani faqat uni himoya qiladiganlargina nazorat qilişi mumkin, Daniya esa bunga juda kiçiklik va ojizlik qiladi, dedi Oq uy ma’muriyati rahbarining örinbosari, AQŞ prezidentining içki xavfsizlik böyiça maslahatçisi Stiven Miller Fox News telekanaliga bergan intervyusida.

U şuningdek, hududni nazorat qiliş huquqi uni himoya qila oliş qobiliyatiga asosan belgilanişi tamoyili 500dan buyon mavjudligini aytdi. 

«Daniya — kiçik iqtisodiyot va kiçik armiyaga ega mitti davlat. U Grenlandiyani himoya qila olmaydi. U Grenlandiya hududini nazorat qila olmaydi», — dedi Miller.

Grenlandiya — Daniyaning avtonom hududi. Orol Daniya tarkibida NATOning bir qismi hisoblanadi. Donald Trampning sözlariga köra, Grenlandiya AQŞ milliy xavfsizligi, şuningdek Arktika mintaqasi xavfsizligi uçun hal qiluvçi ahamiyatga ega. Oq uy rahbari ta’kidlaşiça, u yerda Rossiya va Xitoy faolligi kuçaygan. Tramp versiyasiga köra, orol rejalaştirilayotgan AQŞ raketaga qarşi mudofaa tizimi — “Oltin gumbaz” (Golden Dome)ni yaratiş uçun ham muhim.

Avvalroq AQŞ prezidenti Vaşington Grenlandiya ustidan nazoratni “qanday bölmasin” qölga kiritişi kerakligini aytgan edi. Oq uy esa AQŞ armiyasini Grenlandiyani “qöşib oliş” uçun işga soliş Donald Tramp uçun oliy boş qömondon sifatida “variantlardan biri” ekanini ma’lum qilgan.

Trampning tahdidlari ortidan Yevropa davlatlari Grenlandiyaga oz sonli harbiy xodimlarni yubordi.