Özbekiston AQŞ hududida uçta konsullik oçişni rejalaştirmoqda, dedi mamlakatning Qöşma Ştatlardagi elçisi Furqat Sidiqov 17 yanvar kuni elçilar va tadbirkorlar iştirokidagi uçraşuvda.
Uning sözlariga köra, 2026 yildan boşlab AQŞ fuqarolari uçun vizasiz rejim joriy etiladi, bu esa turizm sohasi uçun yangi istiqbollarni oçadi.
U Özbekiston va AQŞ örtasidagi munosabatlar birinçi marta eng yuqori darajaga kötarilganini va mamlakatning diplomatik vakolatxonasi kengaytirilişini ta’kidladi.
«Sönggi 30 yil davomida Vaşingtonda elçixonamiz va Nyu-Yorkda boş konsulligimiz faoliyat yuritib keldi. Prezident farmoniga muvofiq, Çikago, San Fransisko va Vaşington ştatlarida yana uçta qöşimça konsullik oçamiz», dedi Sidiqov.
Elçi bu mamlakatning sayyohlik salohiyatini tarğib qiliş uçun qöşimça imkoniyatlar yaratişini ta’kidladi. Şuningdek, Özbekiston hozir mintaqada Qöşma Ştatlarni Markaziy Osiyo va Yevropa bilan bevosita boğlaydigan yagona mamlakat ekanini ta’kidladi.
«Özbekistondan haftasiga beş marta parvozlar amalga oşirilmoqda, bu ham öziga xos köprik vazifasini bajarmoqda va bundan faol foydalaniş kerak. Biz Florida yoki Kaliforniyaga qöşimça reyslar oçiş imkoniyatini körib çiqmoqdamiz. Bu potensial yanada köproq kengayadi degani», dedi elçi.
Şu tufayli u turoperatorlarni amerikalik sayyohlarga möljallangan mahsulotlarni işlab çiqişga çaqirdi.
«Men hurmatli turoperatorlarni Amerika bozoriga moslaştirilgan sayohat paketlarini işlab çiqişga taklif qilmoqçiman. Bilasizmi, AQŞ bozori juda talabçan va standart, sodda takliflar bu yerda işlamaydi», dedi Sidiqov.
Uning ta’kidlaşiça, hozir AQŞda özbekistonlik migrantlarning uçinçi avlodi ulğaymoqda va köpçilik öz tili va vatani bilan aloqasini yöqotmoqda.
«Agar biz vatandoşlarimiz uçun maxsus turlarni taklif qilsak, işonçim komilki, özbek oilalari farzandlarini Özbekiston bilan taniştiriş — ularga Samarqand, Buxoro va boşqa tarixiy joylarni körsatiş uçun olib kelişdan mamnun böladi», dedi u.












