23 yanvar kuni Böstonliq tumani hokimligida «Sea Breeze Uzbekistan» turistik majmuasi qurilişi loyihasi böyiça atrof-muhitga ta’sirni baholaş yuzasidan jamoatçilik eşituvi bölib ötadi. Unda jamoatçilik vakillari, mutaxassislar va barça manfaatdor tomonlar iştirok etişi mumkin. Bu haqda Davlat ekologik ekspertizasi markazi xabar berdi.

Jamoatçilik eşituvi loyihasi doirasida hududni rejalaştiriş va quriliş yeçimlari, atmosfera havosi, suv va tuproqqa böladigan ta’sir, çiqindilarni boşqariş, yaşil hududlar va suv obektlarini muhofaza qiliş, ekologik xavfsizlik çoralari va monitoring masalalarini muhokama qiliş rejalaştirilgan.

Qayd qilinişiça, loyiha hujjatlari amaldagi ekologik qonunçiligi talablariga muvofiq işlab çiqilgan. Loyiha böyiça taklif va mulohazalarni jamoatçilik eşituvi davomida yoki yozma şaklda taqdim etiş mumkin.

2025 yil avgust oyida Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Çorvoq atrofidagi 577 gektar yer maydoni ozarboyjonlik tadbirkor Emin Agalarovning «Sea Breeze Uzbekistan» loyihasi uçun ajratib berildi. Loyiha Toşkent viloyati, Böstonliq tumanida, Çorvoq suv omborining şarqiy qirğoği hududida joylaşgan bölib, zamonaviy turistik infratuzilmani barpo etişni nazarda tutadi. Loyihaning qiymati 5 mlrd AQŞ dollari etib belgilangan. Agalarov loyihani 2025-2035 yillarda amalga oşirişi belgilangan.