Vladimir Putin Ğazoni boşqaradigan Tinçlik kengaşiga a’zo böliş taklifini oldi, dedi Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
«Ha, haqiqatan ham, prezident Putin ham diplomatik kanallar orqali Tinçlik kengaşi tarkibiga kiriş taklifini oldi. Ayni paytda biz taklifning barça tafsilotlarini örganmoqdamiz, jumladan, barça nozik jihatlarni aniqlaştiriş uçun Amerika tomoni bilan aloqa örnatişga umid qilamiz», dedi Peskov.
Tinçlik kengaşi öt oçişni töxtatgandan keyin Ğazo sektorini boşqariş uçun xalqaro taşkilot sifatida taklif etilmoqda. Oq uy unga AQŞ davlat kotibi Marko Rubio, Yaqin Şarq böyiça maxsus vakil Stiv Uitkoff, AQŞ prezidentining kuyovi Jared Kuşner va Buyuk Britaniyaning sobiq boş vaziri Toni Bler kirişini allaqaçon e’lon qilgan. Biroq, Bloomberg tanişib çiqqan nizomga köra, Tinçlik kengaşi ança kengroq funksiyalarga ega bölişi kerak. Hujjatda u «barqarorlikka kömaklaşiş, işonçli va qonuniy boşqaruvni tiklaş hamda mojarolar ta’sir körsatgan yoki tahdid ostida bölgan hududlarda mustahkam tinçlikni ta’minlaşga intilayotgan xalqaro taşkilot» deb ta’riflangan. Uning raisi Tramp böladi va unga umrbod a’zo böliş uçun mamlakatlar kamida 1 milliard dollar tölaşi kerak.
Vaşington Tinçlik kengaşida iştirok etiş uçun 50 mamlakat, xususan Argentina, Kanada, Fransiya, Germaniya, Avstraliya, Bahrayn, Misr, Turkiya, Belarus, Qozoğiston, Isroil va Özbekiston yetakçilariga taklifnoma yuborgan.
Avvalroq, Tramp Özbekistonni Tinçlik kengaşiga taklif etgani, Şavkat Mirziyoyev taşkilotga ta’sisçi davlat sifatida qöşilişga tayyorligini bildirgani haqida xabar berilgan edi.












