20 yanvar kuni ötkazilgan taqdimotda 2030 yilga qadar startaplarning sonini 5 mingtaga, eksport bozorlariga çiqqan startaplarning sonini 200 taga yetkaziş, vençur investitsiyalarning hajmini 2 milliard dollarga olib çiqiş maqsad qilingani ta’kidlandi.

Şu maqsadda xalqaro tajriba asosida startaplarni qöllab-quvvatlaşning tört bosqiçli tizimi joriy etilmoqda. Ğoya, işlab çiqiş, işga tuşiriş va masştablaştiriş bosqiçlarida grantlar, soliq imtiyozlari, qöşma moliyalaştiriş, eksport xarajatlarini qoplaş uçun moliyaviy resurslar yönaltiriladi.

Elektron davlat xizmatlarini yanada rivojlantiriş rejalari körib çiqildi.

Raqamli xizmatlar sonini 900 tagaça yetkaziş, “MyGov.uz” mobil ilovasining funksionalini kengaytiriş, 50 tadan ortiq xizmatlarda sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etiş, Aholining yagona reyestrini işlab çiqiş, tadbirkorlik sub’yektini oçiş, yakka tartibdagi tadbirkorlik xodimlarini hisobga qöyiş, bank plastik kartasini oçiş, sim-karta oliş, suğurta va reklama xizmatlarini raqamlaştiriş rejalaştirilgan.

Taqdimotda sun’iy intellekt texnologiyalari uçun infratuzilma yaratiş işlarining borişi haqida axborot berildi.

Xususan, hozirgi kunda zamonaviy kiçik super kompyuter işga tuşirildi, katta super kompyuterni xarid qiliş va işga tuşiriş işlari faol bosqiçda. Loyihani amalga oşiriş natijasida 15 ta oliy ta’lim muassasasida sun’iy intellekt laboratoriyalari taşkil etiladi, sohadagi mutaxassislarning salohiyati oşadi, mahalliy SI yeçimlarini yaratiş va joriy etiş imkoniyatlari yaratiladi.

Mamlakatimiz hududlarida zamonaviy data-markazlar tarmoğini kengaytiriş, ma’lumotlar xavfsizligi va uzluksizligini ta’minlaş zarurligi qayd etildi.

Telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bu borada barqaror ösiş sur’atlariga erişilayotgani, internet tezligi va qamrovi yildan yilga oşib, mobil aloqa xizmatlarining sifati yaxşilangani ta’kidlandi. 2026 yilda 5G texnologiyalarini joriy etiş va aholi punktlarini yuqori tezlikdagi internet bilan qamrab olişni davom ettiriş, şuningdek, sun’iy yöldoş aloqasidan foydalanişni kengaytiriş rejalaştirilgan.

Prezident raqamli texnologiyalar iqtisodiyot tarmoqlari raqobatbardoşligini oşiriş, davlat boşqaruvini samarali qiliş va aholi hayoti sifatiga bevosita ta’sir körsatişini ta’kidlab, belgilangan vazifalarni amalga oşiriş böyiça mutasaddilarga tegişli topşiriqlar berdi.