Isroil rasmiylari Şarqiy Quddusda BMT Falastin qoçqinlariga yordam agentligi (UNRWA) qarorgohi binolari majmuasini buzib taşladi. Buziş 2024 yil oktyabr oyida qabul qilingan va BMT agentligining Isroil hududida işlaşini taqiqlovçi qonunga muvofiq amalga oşirildi.

Isroil Taşqi işlar vazirligi UNRWA HAMAS guruhi bilan hamkorlik qilişini ta’kidlab, şunday bayonot berdi:

«UNRWA-HAMAS uşbu obektdagi faoliyatini allaqaçon töxtatgan va u yerda BMT xodimlari bölmagan va BMT heç qanday faoliyati olib borilmagan. Uşbu majmua heç qanday immunitetga ega emas va Isroil rasmiylarining uni egallab olişi Isroil va xalqaro qonunlarga muvofiq amalga oşirilgan».

UNRWA vakili Jonatan Fauler Isroil kuçlari majmua hududiga «bostirib kirganini» aytib, sodir bölgan voqeani «BMT binolariga misli körilmagan hujum» va «xalqaro huquq hamda BMT imtiyoz va immunitetlarini jiddiy buziş» deb atadi. Buziliş joyiga milliy xavfsizlik vaziri, öta öngçi siyosatçi Itamar Ben-Gvir yetib keldi va bu «Quddus suvereniteti uçun muhim kun» ekanini va «terror tarafdorlari hamma joydan quvilişini» aytdi.

2025 yil oktyabr oyida BMT Xalqaro sudi Isroilning UNRWA bilan hamkorlik qilişdan boş tortişini qoralab, Ğazo sektorida gumanitar yordamni taqsimlaş uçun agentlik bilan hamkorlikni davom ettirişga çaqirib, maslahat xulosasi çiqardi. Sud Isroilning UNRWA xodimlarining terrorçilik taşkilotlari bilan tizimli hamkorligi haqidagi da’volarini asossiz deb atadi va xavfsizlik nuqtai nazaridan bosib olingan hududlarda gumanitar faoliyatni töliq töxtatib qöyişni oqlay olmasligini ta’kidladi.

2024 yil yanvar oyida Reuters Isroil razvedkasi ma’lumotlariga tayanib, Ğazo sektoridagi 190 nafar UNRWA xodimi Isroilga qarşi hujumda iştirok etgani haqida xabar bergan edi. Uşbu da’volar BMT içki tekşiruvini boşlaş va bir qator davlatlar tomonidan agentlikni moliyalaştirişni vaqtinça töxtatiş uçun asos böldi. Keyinçalik Isroil ittifoqçilari va ommaviy axborot vositalariga torroq ma’lumotni taqdim etdi, unda 7 oktyabr kuni hujumda kamida 12 nafar UNRWA xodimi bevosita iştirok etgani, 1200 ga yaqin odam (Ğazodagi xodimlarning taxminan 10 foizi) esa HAMAS va boşqa falastinlik qurolli guruhlar bilan aloqada bölgani aytilgan.

BMT tomonidan ötkazilgan tekşiruv, öz navbatida, 2023 yil 7 oktyabrda Isroilga uyuştirilgan HAMAS hujumiga faqat 9 nafar UNRWA xodimi «ehtimol» aloqador degan xulosaga keldi va terrorçi guruhlarning agentlik tuzilmalariga muntazam ravişda kirib kelgani haqidagi da’volarni tasdiqlamadi.