Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bozor xizmatlari hajmi bo‘yicha yetakchi hududlar ma’lum qilindi
2025 yil yanvar–dekabr oylarida O‘zbekistonda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 1 050,3 trln so‘mni tashkil etgan. Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Foto: Kun.uz
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab xizmatlar sohasi barqaror o‘sishni saqlab qolgan. Ayniqsa, yirik shaharlar va iqtisodiy faol hududlarda xizmatlar hajmi sezilarli darajada yuqori bo‘lgan.
Hududlar kesimida bozor xizmatlari hajmi quyidagicha qayd etilgan:
- Toshkent shahri — 397,4 trln so‘m;
- Samarqand viloyati — 78,2 trln so‘m;
- Toshkent viloyati — 71,8 trln so‘m;
- Farg‘ona viloyati — 71,8 trln so‘m;
- Namangan viloyati — 56,3 trln so‘m;
- Qashqadaryo viloyati — 54,1 trln so‘m;
- Andijon viloyati — 54 trln so‘m;
- Buxoro viloyati — 42,6 trln so‘m;
- Xorazm viloyati — 36,9 trln so‘m;
- Surxondaryo viloyati — 35,6 trln so‘m;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 35,2 trln so‘m;
- Navoiy viloyati — 25,7 trln so‘m;
- Jizzax viloyati — 24,6 trln so‘m;
- Sirdaryo viloyati — 14,6 trln so‘m.
Ma’lumotlarga ko‘ra, xizmatlar sohasida Toshkent shahri mutlaq yetakchi bo‘lib qolmoqda. Mutaxassislar bunga poytaxtda savdo, transport, moliyaviy xizmatlar, ta’lim, tibbiyot va raqamli xizmatlar ulushining yuqoriligi sabab bo‘layotganini ta’kidlamoqda.
Mavzuga oid
15:51 / 05.03.2026
O‘zbekistonda kambag‘allik chegarasi 715 ming so‘m deb belgilandi
17:10 / 04.03.2026
“Faqat Ramazonda ishlaydi” - Yovqochar bozoridan reportaj
18:38 / 03.03.2026
Ro‘yxatga olishda 8,3 million xonadonda yashovchi aholi qamrab olindi
12:25 / 03.03.2026