CNN xabariga köra, u Puerto-la-Krus şahrida neftçilar oldida nutq sözlab, Venesuela siyosatçilarini içki kelişmovçiliklarni çet eldan kelgan buyruqlarga böysunmasdan, özaro hal qilişga çaqirdi. Rodrigesning ta’kidlaşiça, Venesuela «mamlakatdagi faşizm va ekstremizmga qarşi kuraşda» juda yuqori narx tölagan.
Qayd etilişiça, yanvar oyi boşida prezident Nikolas Maduro AQŞ maxsus kuçlari tomonidan qölga olinganidan söng, Rodriges Oq uy talablari va mamlakat aholisi qöllab-quvvatlovini saqlab qoliş zarurati örtasida muvozanatni saqlab kelmoqda. Vaşington Karakasga bir qator talablarni qöygan: mamlakat Xitoy, Rossiya, Eron va Kuba bilan iqtisodiy aloqalarni uzişi, şuningdek, neft qazib oliş sohasida AQŞ bilan eksklyuziv hamkorlikka rozi bölişi va oğir neftni sotişda Amerika kompaniyalariga ustunlik berişi kerak.
Avvalroq Rodriges AQŞ Venesuelani boşqarmayotganini ta’kidlagan, biroq şu bilan birga Vaşingtonning ba’zi talablarini bajara boşlagan edi. AQŞ prezidenti Donald Tramp Maduroni qölga kiritgaç, Amerika Venesuelani «xavfsiz» ötiş davri boşlangunça «boşqarişini» va mamlakatning ulkan neft zaxiralarini öz nazoratiga olişini aytdi.
Mamlakat Maduro tarafdorlari, söl muxolifat va «çavist-madurist» - marhum Ugo Çavesning izdoşlari örtasida bölingan. CNN naşriga köra, Maduro davrida vitse-prezident bölgan Rodriges endi bu guruhlarni birlaştirişga va bir vaqtning özida yangi sanksiyalar yoki harbiy harakatlardan qoçiş uçun Vaşington bilan munosabatlarda muvozanatni topişga harakat qilmoqda.
Venesuela hukumati 25 yanvar kuni siyosiy sabablarga köra qamalgan 104 kişini qamoqdan ozod qildi. Bu 8 yanvardan beri davom etmoqda. AQŞ prezidenti Donald Tramp siyosiy mahbuslar Amerika ma’muriyati talabi bilan qöyib yuborilayotganini aytdi.













