Indoneziyada futzal böyiça Osiyo Kubogi boşlandi.

Özbekiston milliy jamoasi C guruhi 1-turida Tojikiston bilan öynadi va 0:0 hisobini qayd qildi. Guruhning yana bir öyinida Yaponiya futzalçilari Avstraliyani 6:2 hisobida mağlub etdi.

2-tur 30 yanvar kuni bölib ötadi va Özbekiston – Avstraliya, Tojikiston – Yaponiya öyinlari ötkaziladi.

Osiyo Kubogida 16 ta milliy jamoa 4 ta guruhga ajratilgan holda iştirok etmoqda. Guruhlarda 1- va 2-örinni egallagan jamoalar pley-off bosqiçiga çiqadi. Uşbu Osiyo Kubogida futzal böyiça jahon çempionati yöllanmalari öynalmaydi.

Futzal böyiça Osiyo Kubogi 1999 yildan buyon ötkazilmoqda. Unda faqat ikki milliy jamoa ğolib bölgan – Eron (13 marta) va Yaponiya (4 marta). Özbekiston futzalçilari 4 marta kumuş va 6 marta bronza medallarini qölga kiritgan.

Futzal böyiça Osiyo Kubogi

28 yanvar, Jakarta (Indoneziya)

S guruhi, 1-tur
ÖZBeKISTON - TOJIKISTON 0:0

Özbekiston: Şavkat Ibragimov, Ixtiyor Ropiyev, Ilhomjon Hamroyev, Elbek Tölqinov, Şahram Faxriddinov.

Zaxira: Anasxon Rahmatov, Abror Axmedzyanov, Sunatilla Jörayev, Akbar Usmonov, Xayrullo Solihov, Muzaffar Ahadjonov, Abbos Elmurodov, Eldor Nigmatov, Samariddin Berkinov.

Tojikiston: Firuz Bekmurodov, Idris Yorov, Bahodir Xöjayev, Baxtiyor Soliyev, Dilşod Salomov.