Eronda dekabr oxirida boşlangan namoyişlar yanvar oyi örtalariga kelib batamom töxtagan. Öşa namoyişlar çöqqisiga çiqqan vaqtda Tramp ularni qöllagan bölsa-da, AQŞdan real harakat közga taşlanmagan edi. Lekin endi vaziyat özgarayotgandek. Amerika kamida 10 ta harbiy kemadan iborat armadasini Islom Respublikasi yaqiniga keltirib qöydi. Tramp muttasil tahdidlar qilmoqda.

Fors körfaziga, Eron çegaralariga Amerikaning aviataşuvçi kemalar guruhi kelib joylaşgan. Ularning eng kattasi – Abraham Linkoln nomidagi aviataşuvçi ulkan kema. Uning gardanida 90 dan ortiq qiruvçi harbiy samolyotlar va vertolyotlar bor.

Qolaversa, Linkoln atrofida yana uçta esminets mavjud bölib, ular ham eng zamonaviy raketalar bilan qurollangan. Uşbu aviataşuvçi kemalar guruhidagi jami askarlar soni 40 mingdan oşişi aytilmoqda. Bu – tölaqonli harbiy operatsiyani amalga oşiriş uçun yetarli katta kuç.

Tramp bu kuçlarni Eron yaqiniga olib kelib, uzoq muddat bu yerda qoldira olmaydi. Yoki hujum boşlaşi kerak, yoki ma’lum vaqtda ularni ortga qaytarişi kerak böladi. Çunki bunday katta kontingentni bu yerda uşlab turiş kuniga bir neça millionlab dollar turadi.

Donald Trampning Amerikasi mafkura haqida gapirmaydi. U özining intervensiyalarini inson huquqlari va demokratiyaga boğlamaydi. Quruq va agressiv pragmatizm davri allaqaçon hukmron. Tramp – oçiqçasiga neft va geosiyosiy proyektlar haqida gapiradigan siyosatçi. Venesuelaga hujumdan maqsad – neft ekani bugun hammaga ma’lum. Lekin köpçilik ekspertlar “Amerikaning nefti öziga yetadi” derdi. Unda AQŞning Eronga bosimidagi motivlar nimalardan iborat?

Birinçi motiv – yana baribir neft. Töğri, 2010-yillarda AQŞ özining hududidagi slans neftini qayta işlaş texnologiyasini rivojlantirdi. Natijada AQŞ ma’lum muddat birinçi uçtalikka kiruvçi neft qazib oluvçi va qayta işlovçi davlatga ham aylanib ulgurdi. Biroq xalqaro institutlarning bahosiga köra, AQŞning slans nefti hajmi u qadar katta emas. Garçi AQŞning neft zahirasi 80 mlrd barrel deyilsa-da, aslida real rezerv 20-25 mlrd barreldan oşmasligi ham taxmin qilinadi. Bu zaxira yiliga 2-4 foiz qisqarib bormoqda.

Qolaversa, dunyo bozoridagi neftning narxi 60 dollardan arzon bölsa, AQŞda slans neftini qazib oliş daromad keltirmaydi, zarar keltiradi. Çunki bu neftni qazib oluvçi va qayta işlovçi kompaniyalar zarariga işlagan böladi. Agar neft narxi 61 dollardan qimmatroq bölsa, bu AQŞ iqtisodiyotining ösişiga salbiy ta’sir qiladi. AQŞ iqtisodiyoti jadal ösib borişi uçun neft narxi arzonroq bölişi kerak.