Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent şahrida bir yigit xorijlik fuqaroga nos çekişni taklif qilayotgani aks etgan video tarqaldi. Unda yigit çet ellikka nos çektirmoqçi böladi, sökadi va uriş bilan tahdid qiladi.

«Çekasan! Hozir uraman. Senga Özbekiston bedarvozami? Nosni çek», deydi yigit videoda.

Toşkent şahri IIBB tomonidan ötkazilgan tekşiruv jarayonida voqea 25 yanvar kuni Çilonzor tumanidagi istirohat boğlarining birida sodir bölgani aniqlangan.

«20 yoşli M.K. çet el fuqarosiga nos tamaki mahsulotini çekişni taklif qilgan holda uyatli sözlar bilan sökinib, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini qasddan buzgan», deyiladi xabarda.

Holat yuzasidan Çilonzor tumani IIO FMB tomonidan unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilgan.

Ommaviy axborot vositalarida tarqalgan xabarga köra, sud unga 5 kunlik ma’muriy qamoq jazosini tayinlagan.