150 metrdan baland ilk osmonöpar binolardan biri Nyu-Yorkda 1913 yilda qurilgan. Woolworth Building binosining balandligi 241 metr bölgan. Öşandan buyon dunyoda undan ham baland, ba’zan esa bir neça barobar baland binolar qurildi.

Baland binolar soni böyiça yetakçi — Xitoy. Matn tayyorlangan paytda 150 metrdan baland osmonöpar binolar soni 3638 taga yetgan.
AQŞ — baland binolar qurilişi ilk boşlangan davlatlardan biri bölsa-da, 2026 yilga kelib osmonöpar binolar soni böyiça Xitoydan deyarli tört baravar ortda qolmoqda. Matn tayyorlangan paytda mamlakatda 150 metrdan baland 930 ta osmonöpar bino qurilgan.
Birlaşgan Arab Amirliklari yetakçi uçlikka kirgan. U yerda jami 345 ta osmonöpar bino qurilgan. Baland binolar soni böyiça mamlakat Xitoy va AQŞdan ortda qolsa-da, aynan BAAda dunyodagi eng baland osmonöpar bino joylaşgan.
Yevropa davlatlari top-10ga kirmagan. Rossiya 150 metrdan baland 65 ta osmonöpar bino bilan 17-örinni egallagan.
Maqola tayyorlaş jarayonida mualliflar muntazam yangilanib turadigan CTBUH loyihasi ma’lumotlaridan foydalangan. Uşbu qaydnoma yozilgan vaqtga kelib, manba Xitoy va AQŞ böyiça osmonöpar binolar sonini yanada köproq deb körsatgan — bu ma’lumotlar yangilangani bilan boğliq bölişi mumkin.













