Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 28 noyabrdagi 750-son qarori bilan avtotransport vositalaridan çiqariladigan ifloslantiruvçi moddalar taşlamalarining atmosfera havosiga zararli ta’sirini nazorat qiliş maqsadida “Ekologik transport” tizimini bosqiçma-bosqiç joriy etiş belgilangan.

Tizimga köra, avtotransport vositalarining normativlarga mosligi ekologik stikerlar orqali baholanadi. Avtomaşinalar “yaşil”, “sariq” va “qizil” ranglar bilan belgilanib, mos ravişda “toza”, “örta” va “zararli” ekologik toifalarga ajratiladi.

Ekologik toifani belgilaş Özbekistonda foydalanişda bölgan transport vositalarining tasdiqlangan ekologik sinfi haqidagi ma’lumotlar bazasi asosida “Avtomototransport hisobi” modulida avtomatik tarzda amalga oşirilişi qayd etilgan.

Mazkur talablar asosida 2026 yil 1 yanvardan boşlab Toşkent şahrida transport vositalariga stikerlarni bepul beriş işlari yölga qöyilgan.

Şu bilan birga, “sariq” yoki “qizil” rangdagi stikerlar biriktirilgan avtomaşinalar harakatiga hozirça heç qanday çeklovlar örnatilmagani ma’lum qilingan.