Favqulodda vaziyatlar vazirligi “Fidoyi qutqaruvçi” medalini ta’sis etiş töğrisidagi qonun loyihasini jamoatçilik muhokamasiga qöydi.
Uşbu medal bilan quyidagi şaxslar mukofotlanişi közda tutilgan:
uzoq yillar davomida öz hayotini xavfga qöygan holda fuqarolarning hayoti, soğliği va mol-mulklarini qutqarişda şaxsan iştirok etgan yoki qutqaruv işlarida fidoyi qatnaşgan favqulodda vaziyatlar vazirligi va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari;
xalqaro hamkorlik doirasida xorijiy davlatlarda yuz bergan favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etiş işlarida faol iştirok etgan idora va taşkilotlar vakillari, köngilli qutqaruvçilar;
alohida hollarda tezkor sa’y-harakatlari natijasida birinçi yordam körsatiş yoki insonlarning hayotini asrab qoliş, şuningdek, fuqarolarning halok bölişiga olib kelişi mumkin bölgan ofatlarning oldini olişda jasorat namunasini körsatgan Özbekiston va çet el fuqarolari;
favqulodda vaziyatlarning oldini oliş va ularning oqibatlarini bartaraf etişda alohida jonbozlik körsatgan Favqulodda vaziyatlarning oldini oliş va bunday vaziyatlarda harakat qiliş davlat tizimi tarkibiga kiruvçi taşkilotlarning fuqaro muhofazasi boşliqlari, mutaxassislari va qutqaruvçilari.
Insonlar hayoti va soğliğini asrab qoliş va qutqaruv işlaridagi alohida xizmatlari uçun boşqa şaxslar ham uşbu medal bilan mukofotlanişi mumkin.
“Fidoyi qutqaruvçi” medali bilan mukofotlangan şaxslar bazaviy hisoblaş miqdorining 10 baravari miqdoridagi bir martalik pul mukofoti oladi. Mukofotlangan şaxslar qonunçilikda belgilanadigan imtiyozlardan foydalanadi.
“Fidoyi qutqaruvçi” medali 0,25 mikron qalinlikda oltin qoplangan mis qotişmasidan tayyorlanadi va diametri 34 millimetrli doira şaklida böladi.








