Joriy haftada ob-havo mart oyi o‘rtalari kabi – iliq bo‘lishi kutilmoqda. Janubiy viloyatlarda havo harorati +20 darajagacha ko‘tarilishi mumkin. Fevralning birinchi o‘n kunligi asosan issiq va sernam bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Iqlimshunos Erkin Abdulahatov yaqin o‘n kunlikdagi ob-havo kutilmalarini Kun.uz'ning jonli efirida tanishtiradi.