Toşkent şahridagi «Aviator» savdo markazida sodir bölgan yirik yonğin kabi baxtsiz hodisalarning oldini oliş uçun respublika böylab uşbu toifadagi obektlarda yonğin xavfsizligi qoidalariga rioya etilişi yuzasidan işçi guruh tuzildi, örganiş va tekşiruvlar olib borilmoqda. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) xabar berdi.

Qayd qilinişiça, örganişlar davomida yonğin xavfsizligi talablarining qöpol ravişda buzilişi aniqlangan obektlar faoliyati kamçiliklar bartaraf etilgunga qadar vaqtinça töxtatiladi. Şu bilan birga, amaldagi qonunçilikka muvofiq, yonğin xavfsizligi talablariga rioya etilmasligi oqibatida kelib çiqqan hodisalar böyiça obekt rahbarlari va mas’ul şaxslarga nisbatan ma’muriy hamda jinoiy javobgarlik belgilangani eslatildi.

FVV tadbirkorlarni qonun talablariga befarq bölmaslikka çaqirib, yonğin xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etiş orqali obektlarga kirayotgan fuqarolar, şuningdek, işçi va xizmatçilar hayoti hamda soğliğini muhofaza qiliş mumkinligini ta’kidladi.

Eslatib ötamiz, Toşkent şahri, Yaşnobod tumanidagi «Aviator  savdo majmuasida 31 yanvar kuni yirik yonğin sodir böldi. Yonğindan söng vayronalar ostida 2023 yilda tuğilgan bola jasadi topildi. Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatildi.