Ma’lum qilinishicha, hodisa «Yerusti halqa» yo‘nalishining Qo‘yliq va Yangiobod bekatlari oralig‘ida sodir bo‘lgan. Metro harakati paytida yuzaga keladigan tabiiy tebranishlar ta’sirida metro yo‘li fasadining suvoq qismidan kichik bo‘lak ajralib tushib, liniya ostida to‘xtab turgan avtomobilga yengil zarar yetkazgan.

Qayd etilishicha, holat aniqlangan zahoti metropoliten xodimlari tomonidan hudud ko‘zdan kechirilib, fasad qismi to‘liq ta’mirlangan hamda xavfsizlik choralariga doir qo‘shimcha nazorat ishlari olib borilgan. Shuningdek, metro inshootlari belgilangan texnik talablar va xavfsizlik me’yorlariga muvofiq ravishda doimiy nazoratda saqlanishi ta’kidlangan.

«Toshkent metropoliteni» haydovchilardan shaxsiy avtomashinalarni faqat ruxsat etilgan va belgilangan to‘xtash joylarida qoldirishni so‘radi.