Kun davomida Kun.uz yoritgan muhim mahalliy yangiliklar bilan taniştiramiz.

Angrenda zaxira hajmi 233 million tonna bölgan yangi kömir koni işga tuşiriladi

Prezident Şavkat Mirziyoyev kömir va uran sanoatida amalga oşirilayotgan işlar hamda yaqin istiqbolga möljallangan rejalar yuzasidan taqdimot bilan tanişdi. Kömir va uran tarmoqlarida amalga oşirilayotgan işlar hamda navbatdagi loyihalar körib çiqildi. Taqdimotda kömir işlab çiqariş hajmlarini oşiriş, sohada raqobat muhitini kuçaytiriş va mavjud zaxiralardan samarali foydalaniş masalalari muhokama qilindi.

Angrendagi Nişboş kömir konini özlaştiriş loyihasiga alohida e’tibor qaratildi. Zaxiralarining hajmi 233 million tonna va qiymati qariyb 500 million dollarga baholanayotgan uşbu investitsiya loyihasi doirasida 2026 yilda qazib oliş işlarini boşlaş hamda 1 million tonna kömir qazib çiqariş, kelgusida yillik quvvatni 10 million tonnaga yetkaziş közda tutilgan. Loyiha doirasida 880 ta doimiy iş örni yaratiladi.

«Layk» töplaş maqsadida qilingan huquqbuzarlik uçun javobgarlik joriy etilişi mumkin

Ijtimoiy tarmoqlarda «Layk» töplaş, obunaçilarni köpaytiriş maqsadida turli körinişdagi huquqbuzarliklarni sodir etib, uni tasvirga tuşirgan holda internetda tarqatiş, bunday huquqbuzarliklarni, belgilangan tartib-qoidalarni mensimaslikni tarğib etganlik uçun jarimalar belgilanişi mumkin.

Şuningdek, ayrim turdagi huquqbuzarliklar, jumladan, telekommunikatsiya hamda Internet tarmoqlarida uyatli sözlar bilan sökiniş, haqoratomuz şilqimlik qiliş va jamoat tartibini buzuvçi boşqa şu kabi harakatlar uçun ma’muriy javobgarlik joriy etilmoqda. Şu mazmundagi qonun loyihasi parlament quyi palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarining yiğilişlarida qizğin muhokama qilindi.

Özbekiston fuqarolarining ma’lumotlari darknetda tarqalgani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlar va Reddit platformasida Özbekiston davlat axborot tizimlaridagi fuqarolarning şaxsiy ma’lumotlari darknetda sizdirilgani haqida xabarlar