Prezident Şavkat Mirziyoyev 3 fevral kuni suv resurslaridan samarali foydalanişni ta’minlaş hamda suv tejovçi texnologiyalarni keng joriy etiş yuzasidan taqdimot bilan tanişdi.
Endi boşoqli don ekinlarini yetiştirişda tomçilatib va diskret suğoriş texnologiyasi joriy qilingan maydonlar uçun ham subsidiya beriladi.
Suv tejovçi texnologiyalarni xarid qiliş va quriş maqsadida tijorat banklari tomonidan ajratilgan kreditlar böyiça foizlarni qisman qoplab beriş yölga qöyiladi. Ğöza maydonlarida tomçilatib suğoriş texnologiyasini joriy qiliş uçun kredit mablağlari har yil noyabr oyidan boşlab ajratiladi.

Suv tejovçi texnologiyalarni qurib bergan pudrat taşkilotlari har bir loyihaga kamida 2 yillik kafolat muddati berişi hamda 5 yil davomida servis xizmatlarini körsatişi majburiy etib belgilanadi.
Sohada davlat nazoratini takomillaştiriş masalalariga töxtalib ötildi.
Suv oliş joylarida suvni boşqariş va hisobini yuritişni takomillaştiriş maqsadida şoli yetiştiriladigan hamda baliqçilik xöjaliklari taşkil qilingan yer maydonlarida “aqlli” suv ölçaş va hisoblaş vositalari örnatiladi. Ular “Suv hisobi” axborot tizimiga integratsiya qilinadi.
Suv xöjaligi obektlari xavfsizligini va suvdan foydalanişni nazorat qiliş inspeksiyasining hududiy bölinmalarida suv tejovçi texnologiyalardan hamda suvdan foydalanişni monitoring qiliş bölimlari taşkil etiladi. Tadbirkorlik sub’yektlarida inspeksiya tomonidan ötkaziladigan tekşiruvlarni yonkameralardan foydalangan holda amalga oşiriş tartibi joriy etiladi. Inspeksiyaga qişloq xöjaligi ekin maydonlarida suvdan foydalaniş va suv isrofini monitoring qiliş maqsadida uçuvçisiz uçiş dronlaridan foydalanişga ruxsat beriladi.

Şu bilan birga, örnatilgan suv tejovçi texnologiyalaridan maqsadli foydalanilişi ustidan nazoratni kuçaytiriş zarurligi qayd etildi. Suv tejovçi texnologiyalar joriy qilingan va subsidiya ajratilgan yer maydonlarida bunday texnologiyalar yoki ularning asosiy qismlarini işlatmasdan, an’anaviy usulda suğoriş suvdan özboşimçalik bilan foydalaniş deb baholanadi.
Fermerlarning suv tejovçi texnologiyalarni joriy etiş sohasidagi manfaatlarining himoyasini kuçaytiriş maqsadida “Suvxöjaliknazorat” inspeksiyasi va uning hududiy boşqarmalari tomonidan suv tejovçi texnologiyalarni örnatiş bilan boğliq masalalar yuzasidan sudlarga da’vo arizalarini kiritişda davlat bojidan ozod qiliş taklif etildi.












