Prezidentga taqdim etilgan ma’lumotlarga köra, suv oliş joylarida suvni boşqariş va hisobini yuritişni takomillaştiriş maqsadida şoli maydonlari hamda baliqçilik xöjaliklari joylaşgan yerlarda “aqlli” suv ölçaş va hisoblaş vositalari örnatiladi. Uşbu qurilmalar “Suv hisobi” axborot tizimiga integratsiya qilinişi rejalaştirilgan.

Taqdimotda, şuningdek, sohada davlat nazoratini kuçaytiriş masalalariga ham e’tibor qaratildi. Xususan, «Suvxöjaliknazorat» inspeksiyasi hududiy bölinmalarida suv tejovçi texnologiyalardan hamda suvdan foydalanişni monitoring qiliş bölimlari taşkil etilişi közda tutilmoqda. Tadbirkorlik sub’yektlarida ötkaziladigan tekşiruvlarni yonkameralardan foydalangan holda amalga oşiriş tartibi joriy etilişi, qişloq xöjaligi ekin maydonlarida suv sarfi va isrofini monitoring qiliş uçun dronlardan foydalanişga ruxsat berilişi aytildi.

Suv tejovçi texnologiyalar örnatilgan va subsidiya ajratilgan maydonlarda ulardan maqsadli foydalaniş ustidan nazorat kuçaytiriladi. Bunday texnologiyalarni işlatmasdan an’anaviy usulda suğoriş suvdan özboşimçalik bilan foydalaniş deb baholanişi ta’kidlandi.