Prezident Şavkat Mirziyoyev 5 fevral kuni Pokiston poytaxti Islomobod şahrida «Global sanoat va mudofaa yeçimlari» kompaniyasining boş qarorgohiga taşrif buyurib, Mudofaa kuçlari boş qömondoni – Qurolli Kuçlarning quruqlikdagi qöşinlari qömondoni, feldmarşal Asim Munir bilan uçraşdi.

Özbekiston bilan Pokiston örtasidagi köp qirrali hamkorlik va strategik şeriklik munosabatlarini yanada rivojlantirişning asosiy jihatlari muhokama qilindi.

Harbiy va harbiy-texnika sohalardagi hamkorlikni kengaytiriş, şuningdek, bugungi kunda xavfsizlikka tahdidlarga qarşi kuraşiş böyiça sa’y-harakatlarni muvofiqlaştirişga alohida e’tibor qaratildi.

Ikki mamlakatning yetakçi mudofaa sanoati korxonalari örtasidagi kooperatsiya aloqalarini faollaştiriş, harbiy mutaxassislarni tayyorlaş dasturlarini kengaytiriş, tajriba almaşiş va qöşma öquv tadbirlarini ötkaziş muhimligi ta’kidlandi.

Transport va logistika sohasida istiqbolli infratuzilmaviy loyihalarni amalga oşirişni jadallaştiriş masalalari ham kun tartibida böldi.

Harbiy va harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantiriş böyiça alohida «yöl xaritasi»ni tayyorlaş yuzasidan kelişuvga erişildi.

Özbekiston prezidenti uçraşuv yakunida «Global sanoat va mudofaa yeçimlari» kompaniyasining işlanmalari, jumladan, Pokistonning zamonaviy harbiy texnikasi va qurol-yaroğ namunalari bilan tanişdi.