Qayd etilişiça, quriliş obektidan çiqayotgan barça texnika vositalari obektda belgilangan maxsus yuviş joylarida yuvilgan holda hududdan çiqarilişi şart. Bu talab atrof-muhitni muhofaza qiliş, şahar köçalarining ifloslanişini oldini oliş hamda sanitar holatga salbiy ta’sir körsatilişini bartaraf etişga qaratilgan.
Ma’lumotga köra, mazkur talablarga rioya etilmagan taqdirda, Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 99-moddasi asosida:
- jismoniy şaxslarga — BHMning 30 baravari;
- mansabdor şaxslarga — BHMning 70 baravari miqdorida jarima tayinlanadi.
Şuningdek, uşbu talablarni bajarmaslik quriliş obektida olib borilayotgan işlarini vaqtinça töxtatib qöyiş uçun ham yetarli asos bölişi mumkin.
Inspeksiya fuqarolarni bunday qonunbuziliş holatlariga duç kelganda 71-200-69-02 raqamli koll-markazga xabar berişga çaqirdi.











