Strategik hamkorlik kengaşining birinçi yiğilişi doirasida prezident Şavkat Mirziyoyevga Pokiston Milliy fan va texnologiyalar universitetining faxriy doktori va professori unvonlarini beriş marosimi bölib ötdi.

Pokiston boş vaziri Şahboz Şarif Özbekiston rahbariga bu haqdagi tegişli sertifikatni topşirdi.

Ta’kidlanişiça, uşbu unvonlar Özbekiston yetakçisining ijtimoiy-iqtisodiy va ta’lim sohalaridagi islohotlar, mamlakatni izçil modernizatsiya qiliş, fan va texnologiyalarni rivojlantiriş, xalqaro hamkorlik hamda akademik aloqalarni mustahkamlaşga qöşgan ulkan hissasi uçun berildi.

Marosimda Şavkat Mirziyoyev Pokiston boş vaziri, universitet rahbariyati va akademik hamjamiyatiga yuksak unvonlar uçun minnatdorlik bildirib, ta’lim sohasidagi aloqalarni yanada mustahkamlaş va yuqori malakali mutaxassislarni birgalikda tayyorlaş muhimligini ta’kidladi.

1991 yilda taşkil etilgan Pokiston Milliy fan va texnologiyalar universiteti ilmiy izlanişlar va innovatsion faoliyat, magistr va doktorlarni tayyorlaş hamda sanoat va iqtisodiyot ehtiyojlariga möljallangan amaliy tadqiqotlarni olib boriş kabi yönalişlarni özida mujassam etgan.