“Ayvoni Sadr” qarorgohida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevga “Nişoni Pokiston” ordenini topşiriş marosimi bölib ötdi.
Pokiston prezidenti Asif Ali Zardoriy mamlakatning oliy mukofotini davlat rahbariga tantanali ravişda topşirdi.
Marosimda mazkur nufuzli mukofot Özbekiston va Pokiston örtasidagi köp qirrali hamkorlikni kengaytiriş borasidagi umumiy sa’y-harakatlarning munosib e’tirofi, şuningdek, Özbekiston xalqiga döstona munosabat va çuqur hurmat ifodasi ekani qayd etildi.

Özbekiston–Pokiston strategik şerikligi mazmun jihatidan yangi bosqiçga kötarilib borişiga işonç bildirildi.
Ta’kidlanişiça, “Nişoni Pokiston” ordeni turli yillarda Buyuk Britaniya qiroliçasi Yelizaveta II, AQŞ prezidenti Riçard Nikson, Janubiy Afrika Respublikasi prezidenti Nelson Mandela, Tailand qiroli Pxumipon Adulyadet, BAA prezidenti Şayx Zoyid bin Sulton Ol Nahayon, Xitoy raisi Xu Tszintao, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan, Saudiya Arabistoni valiahd şahzodasi Muhammad bin Salmon va boşqa bir qator davlat arboblariga berilgan.












