Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aholini ro‘yxatga olishning ikkinchi bosqichida sertifikat berilmaydi - Statistika qo‘mitasi
Ro‘yxatga olishning ikkinchi bosqichida savolnoma fuqaroning o‘zi tomonidan emas, balki ro‘yxatga oluvchi tomonidan planshet qurilmasi orqali to‘ldiriladi.
Foto: Telegram / census_2026
Aholini ro‘yxatga olishning ikkinchi bosqichida qatnashgan fuqarolarga sertifikat berilmaydi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, sertifikat - mustaqil O‘zbekiston tarixida ilk bor o‘tkazilayotgan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishdek tarixiy jarayonda ishtirok etganlik uchun esdalik, shuningdek savolnomani mustaqil ravishda onlayn to‘ldirganlik uchun beriladigan rag‘batlantirish edi.
Ro‘yxatga olishning ikkinchi bosqichida esa savolnoma fuqaroning o‘zi tomonidan emas, balki ro‘yxatga oluvchi tomonidan planshet qurilmasi orqali to‘ldiriladi.
Jarayon onlayn tarzda amalga oshirilmaydi. Shu sababli ushbu bosqichda tizim avtomatik ravishda sertifikat shakllantirmaydi va ikkinchi bosqichda ishtirok etgan fuqarolarga sertifikat berilmaydi.
Bu jarayon internetsiz yoki cheklangan internet sharoitida amalga oshiriladi va davlat idoralari axborot bazalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanish mavjud emas.
Ikkinchi bosqichda barcha ma’lumotlar fuqaroning o‘zi aytgan javoblari asosida qo‘lda kiritiladi.
Mavzuga oid
15:20 / 14.03.2026
Bo‘lajak o‘qituvchilar kasbiy sertifikatlashdan ixtiyoriy tarzda o‘tishi mumkin
14:31 / 13.03.2026
Statistika: iqtisodiyoti eng tez o‘sgan hududlar ro‘yxati
22:24 / 01.03.2026
O‘qituvchilarning amaldagi sertifikatlari muddati tugamagunicha malaka toifasi tushirilmaydi – vazirlik
12:38 / 13.02.2026