11 fevral kuni soat 9:00 dan boşlab, barça hududlarda, jumladan vodiy viloyatlarida ham «metan zapravka»lar bosqiçma-bosqiç odatdagi rejimda faoliyat yurita boşlaydi, deb xabar berdi Energetika vazirligi.

Eslatib ötamiz, Energetika vazirligi havo harorati pasayişi munosabati bilan 20 yanvardan respublikada metan zapravkalari faoliyatiga çeklov kiritgandi.

Keyinroq, 2 fevraldan boşlab, ularga nisbatan çeklov yumşatildi va soat 10:00 dan soat 16:00 gaça işlaşiga ruxsat berildi.