Singapur Italiyaning Milan va Kortina d'Ampetsso şaharlarida ötkazilayotgan 2026 yilgi qişki Olimpiya öyinlarida ğalaba qozongani uçun eng katta mukofot tölaydigan davlatlar röyxatida birinçi örinni egalladi. Bu haqda USA Today naşri xabar berdi.

Öyinlarda Singapurdan yagona vakil - 23 yoşli toğ çanğiçisi Fayz Başa iştirok etmoqda. Oltin medal uçun u 788 ming dollar, kumuş uçun 394 ming dollar, bronza uçun 197 ming dollar olişi mumkin.

Yuqori beşlikka, şuningdek, Honkong (oltin uçun 767 ming dollar), Italiya (213 ming dollar), Polşa (211 ming dollar) va Sloveniya (162 ming dollar) ham kirdi.

Polşa çempionlarga puldan taşqari Toyota Corolla, mebellar bilan jihozlangan ikki xonali kvartira, zargarlik buyumlari va bayram vauçerini sovğa qiladi. Avstriya bonuslarni «Filarmonik» oltin tangalari (Avstriya zarbxonasi tomonidan çiqarilgan investitsiya tangalari) bilan tölaydi: birinçi örin uçun 23,7 ming dollar.

Yangi Zelandiya (oltin uçun 3 ming dollar), Avstraliya (14 ming dollar), Daniya (15 ming dollar) va Kanada (18 ming dollar) eng kam pul tölaydigan mamlakatlar qatoridan joy oldi.

Buyuk Britaniya, Şvetsiya va Norvegiya medal sohiblariga heç qanday mukofot tölamaydi, faqat stipendiyalar va tayyorgarlik grantlari bilan çeklanadi.

Qişki Olimpiya öyinlari 22 fevral kuni yakunlanadi. Uşbu musobaqada jami 116 ta medal jamlanmasi öynaladi.