2026 yil 27 yanvar kuni prezident rahbarligida ötkazilgan yiğilişda berilgan topşiriqlar ijrosi, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratiş böyiça amalga oşirilayotgan işlar hamda yöl qöyilgan kamçiliklar yuzasidan Içki işlar vazirligi rahbariyati iştirokida tanqidiy yiğiliş bölib ötdi.

Yiğilişda içki işlar vazirining birinçi örinbosari general-mayor B. Qudratxöjayev, Içki işlar vaziri örinbosari polkovnik R. Aşropov, vazirlik sohaviy xizmat rahbarlari, Toşkent şahri va Toşkent viloyati IIBB, şuningdek barça viloyatlar içki işlar boşqarmalari rahbariyati iştirok etdi. Şu bilan birga, viloyat sohaviy xizmatlari, şahar-tuman içki işlar bölimlari rahbarlari hamda tergovga qadar tekşiruv harakatlarini olib borişga mas’ul xizmat xodimlari — huquqbuzarliklar profilaktikasi, tezkor-qidiruv, yöl harakati xavfsizligi xizmatlari va tergov bölinmalari vakillari ham tadbirga jalb qilindi.

Tadbir davomida jinoyatga oid arizalar, xabarlar va boşqa ma’lumotlarni qabul qiliş hamda körib çiqiş amaliyoti, qabul qilingan qarorlarning qonuniyligi va ijro intizomi holati çuqur tahlil qilindi. Mavjud kamçiliklar tanqidiy muhokama qilinib, ularni bartaraf etiş böyiça aniq çoralar belgilandi.

Şuningdek, prezident tomonidan Toşkent şahrida xavfsiz muhitni şakllantiriş böyiça ötkazilgan tanqidiy selektor yiğilişida belgilangan vazifalar, xususan, uyuşgan jinoyatçilik, narkojinoyatlar, kiberjinoyatçilik va yaşirin iqtisodiyotga qarşi kuraşiş böyiça “poytaxt namunasi”ni viloyatlarda joriy etiş masalalari muhokama qilindi.

Yiğiliş yakunida qonun ustuvorligini ta’minlaş, jinoyatlarni hisobdan yaşiriş holatlariga qat’iy yöl qöymaslik, şuningdek xodimlarning bilim va kasbiy salohiyatini oşiriş böyiça bir qator vazifalar belgilab berildi. Xususan, tergovga qadar tekşiruvni amalga oşiruvçi xodimlarni öqitiş va huquqiy bilimini oşiriş maqsadida Tergov departamenti mas’ullari hamda IIV Akademiyasi professor-öqituvçilaridan iborat işçi guruh tomonidan öquv-seminarlar rejalaştirilgani aytildi.

Şuningdek, barça hududlarda Huquqni muhofaza qiliş akademiyasi tomonidan uşbu soha vakillarini onlayn tarzda öqitiş böyiça tegişli çora-tadbirlar belgilangani ma’lum qilindi.