Ijtimoiy tarmoqlarning, hatto jiddiy bölmagan kontentlarning ham hayotga ta’siri şu qadar oşib ketdiki, hafta boşida «Mançester Yunayted»ning «Vest Hem»ga qarşi oddiy öyini millionlarni öziga jalb qildi. Sababi – «MYu» qatorasiga beş öyinda yutmaguniça soçini oldirmaslikka qasam içgan Frank Aylet ismli bir blogerning taqdiri. Çunki «MYu» bu öyingaça ketma-ket tört ğalabaga erişgandi.

Eng qiziği, bu maqolani men ham beşinçi ğalabadan söng yozişni niyat qilib, aynan uşbu bloger mavzusi bilan kiriş qilişni öylab qöygandim. Jamoa durang öynadi, çellenj davom etadigan böldi. Ammo matnni baribir yozdim, zero debyutant murabbiyning dastlabki 5 öyinda 13 oçko olişi – juda yaxşi natija. Nega endi qandaydir Frank qöygan talab bu muvaffaqiyatga soya solişi kerak?

Quyida Maykl Karrikning Mançesterdagi dastlabki oyi, istiqboli va aynan qanday omillar uşbu ğalabalarda rol öynagani haqida fikr yuritiladi.

Meros

Har qanday murabbiy iste’fosi jamoada salbiy fon yaratsa-da, örniga keladigan mutaxassis uçun qoladigan meros turliça böladi. Aytaylik, sönggi natijalar fonida röy bergan iste’folarda jamoa ham öyin, ham ruhiy tomondan ham inqirozga tuşib qolgan böladiki, buni önglaş köproq mehnat talab qiladi. Mağlubiyatlar tufayli futbolçilarning öziga bölgan işonçiga putur yetadi va ayniqsa, kattaroq raqiblarga qarşi bu işonçni uyğotiş qiyinçilik tuğdiradi. Misol uçun, Sulşer örniga Rangnik, ten Hag örniga Ruben Amorim kelganida şunday bölgan – bu mutaxassislarda natija borasida vaziyatni önglaş imkoni bölmagan.

Alvaro Arbeloa va Liam Rosenior kabi yangi murabbiylarda ham vaziyat öxşaş – iste’foning mazmuni köproq rahbariyat (Alonsoda futbolçilar) bilan ziddiyatlarga taqaladi. Tan oliş kerak, «Mançester Yunayted»da ham, «Real» yoki «Çelsi»da ham natijalar u qadar yomon emasdi. «Mançester Yunayted» Amorim davrida ham Çempionlar Ligasi zonasida yurgan, qator katta öyinlarda («Liverpul», «Çelsi», «Arsenal») jamoa ança işonçli köringan, xullas, ötgan mavsumga nisbatan ösiş yaqqol kuzatilayotgandi. Karrikda futbolçilardagi işonçsizlikni qayta uyğotiş, buni his qildiriş uçun qandaydir olamşumul ğoyalar taqdim etişga ehtiyoj ham yöq edi.

Köpçilik hozirgi vaziyatni Ole Gunnar Sulşer Mourinio örniga vaqtinça murabbiy bölib kelgan davrga qiyoslamoqda, qisman bu öxşatişlarda ham jon bor. Sulşer qabul qilgan meros, birinçidan, undan oldingi mavsumda 2-örinni olgan jamoa edi, ikkinçidan, tarkibda Pogba, Lukaku, Reşford, Sançes, Marsiyal kabi öziga yaraşa kuçli futbolçilar bölgan. Karrik nisbatan oddiyroq tarkibni qabul qilib olgan bölsa-da, yuqorida tilga olinganidek, natijalar u qadar yomon bölmagan va ösişda bölgan tarkib edi.