Gigant-slalom dasturining 1-startida qatnaşgan Nazarov 1:25.75 daqiqa natija körsatdi.
Ikkinçi startda esa dastlabki urinişidan yuqoriroq natija körsatişga erişdi (1:21.14).
Ikki start yakunida 2:46.89 daqiqa qayd etgan Medet Nazarov uşbu dasturni 50-poğonada yakunladi.
Özbekiston qişki Olimpiadada ikki nafar sportçi bilan qatnaşmoqda. Medet Nazarovdan taşqari, Daniil Yeybog şort-trekning 500 metr masofaga yuguriş musobaqasida mamlakat şarafini himoya qiladi.
Aslida, qölga kiritilgan yöllanmalar soni 4 ta edi: Dmitriy Çigirev va Yekaterina Geyniş figurali uçişning juftlik yönalişida saralaşdan ötgan edi. Lekin Çigirev tayyorgarlik jarayonida jarohat olib, Olimpiadagaça tiklana olmadi.
Mustaqil Özbekiston bayroği ostida sportçilar 1994 yildan beri barça qişki olimpiada öyinlarida iştirok etmoqda. Eng köp vakil aynan şu yili Norvegiyaning Lillehammer şahridagi öyinlarda qayd etilgan – 7 nafar. Şuningdek, Özbekiston qişki olimpiadalardagi yagona medalini ham şu yili qölga kiritgan – Lina Çeryazova çanğida fristayl sport turida oltin medal.
4 yil oldin Pekinda ötkazilgan qişki Olimpiada öyinlarida Özbekiston bir nafar sportçi bilan qatnaşgan edi – Komiljon Töxtayev toğ-çanği sport turida.












