Belaruslik muxolifatçi siyosatçi Nikolay Statkeviç qamoqdan ozod qilindi va uyida, deb xabar qildi “Vyasna” huquqni himoya qiliş markazi 19 fevral, payşanba kuni. Bu ma’lumot siyosatçining rafiqasi Marina Adamoviç sözlariga tayanilgan holda berilgan. Uning aytişiça, koloniyada bölgan vaqtida Statkeviç insult ötkazgan. Hozir u nutq bilan boğliq muammolarni his qilyapti, biroq umumiy ahvoli barqaror, deb baholanmoqda.

Nikolay Statkeviç — Belarus muxolifatining eng taniqli vakillaridan biri, 1990-yillardan beri siyosiy faol. 2010 yilgi prezident saylovlaridan keyin u norozilik namoyişlarini taşkil etgani uçun koloniyada 6 yilga hukm qilingan, 2015 yilda esa muddatidan oldin ozod etilgan. 2020 yil may oyida, Belarusdagi navbatdagi prezident saylovlari arafasida, siyosatçi yana qölga olindi, 2021 yil dekabr oyida esa “ommaviy tartibsizliklar”ni taşkil etganlik aybi bilan 14 yilga ozodlikdan mahrum qiliş jazosiga hukm qilindi. U qamoqda qariyb 6 yil ötirgan.

2025 yil sentabr oyida Belarus hokimiyati 52 nafar siyosiy mahbusdan iborat guruhni ozod qilib, ularni Litvaga olib çiqqan. Biroq Nikolay Statkeviç mamlakatni tark etişdan boş tortgan. U Litva bilan çegaradagi neytral hududda bir neça soat turgan, keyin esa Belarusga qaytarilgan. Keyinroq Aleksandr Lukaşenko Statkeviçni “qayta olib kelişgani”ni aytgan. OAV ma’lumotlariga köra, şundan keyin Statkeviçni yana Vitebsk viloyatidagi koloniyaga yuborişgan. Uzoq vaqt davomida uning qayerda ekani hatto oilasiga ham ma’lum bölmagan.

Şuningdek, 9 oylik homilasi bölgan siyosiy mahbus Natalya Levayaning ham ozod qilingani ma’lum böldi. Aleksandr Lukaşenko matbuot xizmatiga köra, Levaya afv etilgan. U 2024 yil may oyida Polşadan Belarusga qaytganidan söng qölga olingan va “ekstremistik faoliyatni moliyalaştiriş” aybi bilan 6 yilga ozodlikdan mahrum etilgan — Belarus hokimiyati odatda mustaqil taşabbuslarga qilingan xayriyalarni şunday baholaydi.

Sobiq siyosiy mahbusa Marina Zolotova sözlariga köra, Natalya Levayaning homiladorligi qamoqda boşlangan. Natalya koloniyada qariyb ikki yil ötirgan. Tuğuruq mart oyida kutilmoqda.