Prezident Şavkat Mirziyoyev Özbekiston Falastinning Ğazo sektorida uy-joy binolari, bolalar boğçasi, maktablar va şifoxonalarni qurişda baholi qudrat yordam körsatişga tayyorligini ma’lum qildi.

Uşbu bayonot 19 fevral kuni Vaşingtonda «Tinçlik kengaşi» birinçi sammitida yangradi.

«Özbekiston «Tinçlik kengaşi»ni taşkil qiliş böyiça tinçlikparvar taşabbusni qöllab-quvvatladi va uni muvaffaqiyatli amalga oşiriş jarayonida iştirok etişga tayyorligini qat’iy e’lon qildi. Işonçim komil, kengaş işi Ğazo sektorining iqtisodiy va ijtimoiy tiklanişi uçun ijobiy şaroit yaratadi. Taşqi boşqaruv böyiça har qanday mexanizm sektor aholisining içki qöllab-quvvatloviga tayanişi kerak. Barça tomonlarning muvofiqlaştirilgan harakatlari mojarodan keyingi tiklaniş jarayonining barqaror bölişini ta’minlaydi va Ğazoning tezkor tiklanişi uçun şaroit yaratadi. Ta’kidlayman, Özbekiston Ğazoda uy-joy binolari, bolalar boğçasi, maktablar va şifoxonalarni barpo qilişga baholi qudrat yordam körsatişga tayyor», dedi davlat rahbari.

«Uşbu yiğiliş Yaqin Şarqdagi vaziyatni yaxşilaş, tinçlikni mustahkamlaş yölidagi xalqaro birdamlikning yorqin körinişidir. Biz bu tarixiy imkoniyatdan yangi, iqtisodiyoti gullab-yaşnayotgan va aholisi munosib yaşaydigan yangi Ğazoni barpo qiliş uçun foydalanişimiz kerak», deb qöşimça qildi prezident.

Vaşingtondagi «Tinçlik kengaşi» sammiti AQŞ prezidenti Donald Tramp raisligida ötmoqda. Unda 20 dan ortiq davlatdan delegatsiyalar qatnaşyapti.