Özbekiston Musulmonlari idorasi fatvo markazi direktori örinbosari, Toşkent Islom instituti öqituvçisi Ğulomiddin Xolboyev Ramazon oyi neça kun bölişi haqidagi savolga javob berdi.

Uning sözlariga köra, Ramazon oyi 29 kun bölişi ham mumkin, buning sababi Oyga boğliq.

«Ramazon 29 kun bölişi mumkin. Çunki şu paytgaça musulmonlar bir neça marta mana şunday 29 kun qilib röza tutgan. Buning sababi Oyga boğliq. Masalan şamsiy oylar neça kun bölişi aniq. Lekin ibodat qamariy oylar bilan hisob-kitob qilinadi. Bunday oylar yo 29 kun yo 30 kun böladi. Oyning çiqişiga qarab farq qiladi», dedi Ğulomiddin Xolboyev.

Uning ta’kidlaşiça, Ramazon hayitining ilk kuni borasida muftiy boşçiligidagi işçi guruh, ulamolar izlanmoqda. Tez orada bu böyiça ma’lumot taqdim etiladi.