Farğona viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi Farğona şahridagi davlat boğçalarida bolalarning ommaviy zaharlanişi yuz bergani yuzasidan tarqalgan xabarlar böyiça ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinişiça, 21 fevral kuni Farğona viloyati yuqumli kasalliklar şifoxonasiga Farğona şahri hududida joylaşgan 2-sonli, 58-sonli va 61-sonli maktabgaça ta’lim taşkilotlari tarbiyalanuvçilari olib kelingan.
Ularda tana harorati kötarilişi, qorindagi oğriq, holsizlik, köngil aynişi, iç ötişi belgilari qayd etilgan.
«Aniqlanişiça, bemorlarda qorin sohasida oğriq, iç ketişi, harorat kötarilişi, köngil aynişi kabi salbiy holatlar kuzatilgan. Şifoxonada davolovçi vraçlar tomonidan bemorlar tibbiy körikdan ötkazilib, «Ötkir diareya kasalligi, alimentar etiologiyali» taşxisi bilan diyareya bölimiga yotqizilgan», deyiladi boşqarma xabarida.
Hozirda bölimda 62 nafar bemor davolanmoqda.
Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi boşqarmasi mutaxassislari boğçalarning oşxonalarida va ovqat yetkazib beruvçi korxonada tekşiruvlar ötkazib, bolalar iste’mol qilgan taomlardan laboratoriya namunalari olib tekşirayotgani ma’lum qilingan.








